#Oʻyla, #Startap_qil
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Biznesni barbod qilish emas, rivojlantirish istagida bo‘lgan sherikning 9 ta qoidasi
Bugun biznesni qanday qilib to‘g‘ri yuritish borasida qator stereotiplar mavjud. Eng birinchi afsona biznesni do‘sti bilan birga qurish mumkin emasligi to‘g‘risidagi yanglish fikrlardir. Shunchalik yomonmi? Keling, biznesni barbod qilish emas, balki rivojlantirishga qodir bo‘lgan sherik ( ayniqsa do‘st)ning 9 ta qoidasini ko‘rib chiqamiz.
Biznesni bo‘lishishga to‘g‘ri kelishi mumkinligidan havotirlanmang
Yo‘q, o‘ylang, faqat birinchi navbatda emas.
Agar sheriklik qoidalari haqidagi maqolalarni o‘qisak, 100 tadan 100 tasi eng avvalo bitim tuzib olish kerakligi, unda sheriklar ajraladigan bo‘lsa biznes kimning tarafiga o‘tishi, boshlang‘ich to‘lovlar kim tomonidan qayd qilingan bo‘lishi va brend taqdiri belgilab olingan bo‘lishi lozim.
Bu muhim – hech kim bunga shubha qilmaydi.
Lekin agar yangi firma tug‘ilishiga bu tarafdan yondoshiladigan bo‘lsa, asablarni asrab qolish emas, aksincha hayolot yanada keng quloch yoyishi, o‘zini-o‘zi saqlab qolish hissini yuzaga keltirish hech gap emas. Loyiha ustida ishlash va rivojlantirish o‘rniga, siz hamisha “hamkorim etarlicha harakat qilayaptimi o‘zi?”, “men undan ko‘p harakat qilib yubormayapmanmi?”, “majburiyatlarimiz teng taqsimlanganmi yoki u mazza qilib yuribdimi?” qabilidagi fikrlarga qaytaverasiz.
Bilaman, hozir ishi yurishib turgan biznesmenlar menga hat yozib, 3- yoki 4-biznesni ochish istagi tug‘ilsa, ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishim kerak bo‘lishini aytishadi. Xo‘p, bordiyu men 3- va 4-biznesni ochish niyatida bo‘lmasam-chi? Birinchi biznesimni rivojlantirining o‘zi kifoya bo‘lsa-chi?
O‘ylab ko‘ring, birinchi yilda yangi kompaniyalarning 2/3 qismi barbod bo‘ladi. Uchinchi hisobot davrigacha faqat 10 foiz kompaniyalar etib boradi. Ularning bari birinchi navbatda o‘z foydasi haqida o‘ylashadi. Balki, sabab shundadir? Buni tekshirib ko‘rish kerak.
Qadriyatlaringiz mos bo‘lgan sherik toping
Bu juda oddiy, lekin muhim maslahat. Siz bir xil strategiya, bir xil katta maqsad va unga erishish uchun bir xil vositalarni ko‘ra olishingiz kerak. SHuning uchun faqat pul topish ilinjida muvaffaqiyatli kompaniya qurib bo‘lmaydi.
Pul hajmini ham muhokama qilib ko‘rish kerak.
Har ikki tomon hamma narsani bir xil ko‘rishi, lekin bir tomon “Apple”ni orqada qoldirish va bir zum to‘xtamay, doimo o‘sib-rivojlanish hamda kengayishni orzu qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tomon esa bozorga sog‘lom ko‘z bilan qarab bor – yo‘g‘i shag‘am chiqaradigan zavod qurish uchun pul to‘plash ilinjida bo‘lishi mumkin.
Bunday sheriklik ham ertami kechmi parokandalikka uchraydi. Chunki, tomonlardan biri pul yig‘ish, ikkinchisi esa sarmoya kiritish bilan ovora bo‘ladi.
Sherik nima uchun kerak o‘zi, uning kuchli taraflari nimada namoyon bo‘ladi?, uning kompaiyaga qanday yordami tegishi mumkin?, ushbu bosqichda usiz qiyin bo‘ladimi? Shu savollarga javob topib qo‘yish kerak. Sizga bir o‘zingiz harakat qilishingizga nima halaqit berayapti? Agar hech narsa halaqit bermayotgan bo‘lsa, u holda ishlarni yolg‘iz, bir o‘zi qilgan yaxshi. Asabingizni, kuch va vaqtingizni asrang!
Agar siz doimo “Shu ishni o‘zim ham eplardim. O‘zi undan nima foyda?” degan savollarga javob izlayversangiz, u holda sheriklikning umri ham qisqa bo‘ladi.
Bu bilan hamma gapimiz tugamadi, biz bilan qoling va 👍 layk bosing! Va yaqin kunlarda biz sizga, do‘st bilan amaliy hamkorlik qilganda nimalar muhimligi va biznesni qanday qilib rivojlantirish to‘g‘risida suhbatlashamiz!
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗