Maqolalarga o‘tish
kkomplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

#savdo

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

#savdo №3. Savdo bosqichlari (👉КИРИЛЧА) EHTIYOJLARNI O‘RGANISH Odamni gapirtirish uchun, ko‘proq ma’lumot to‘plash va uni muloqotga chorlash darkor, unga ko‘proq savollar bering. Ayni paytda, savollar o‘rama prinsipi asosida berilishi kerak. Avvaliga umumiy savollar berish, keyin batafsilrog‘iga o‘tish lozim. “Oltin savol”lardan birini bera olsangiz ajoyib ish bo‘lardi: - Tovar/xizmat turini tanlashda siz uchun nima muhim? - Mahsulot yetkazib beruvchilaringizga qanday talablar taqdim qilasiz? - Kelajak rejalaringiz? Nima uchun bu savollar “oltin” savollar deyiladi? Chunki, aynan shular mijozdan sizning mahsulotingiz taqdimotida nimalarga urg‘u berishingiz kerakligi borasidagi savollaringizga javob topishingizga yordam beradi. Mijoz sizga javob berayotgan paytda uning emotsional holatiga e’tibor bering va faol tinglovchi texnikasini qo‘llang. davomi bor...
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗