Biznes stat
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Hammaga salom!
Soʻnggi paytlarda biz siz bilan bir nechta mavzuda koʻp suhbatlashdik:
• Biznes reja tuzish:
• Harajatlarni aniq hisoblash;
• Moliyaviy yostiqqa ega boʻlish.
Ammo shunchalik mushkulmi? Nahotki qiyinchiliklarsiz, uzoq tayyorgarlik, odam yollash va tinimsiz harakatlarsiz joyimizdan siljib karyerga yoʻl olishimiz shunchalik mushkul?
Hamma narsaning iloji bor. Yaxshiyamki internet juda koʻp imkoniyatlar beradi. Keling ochiqchasiga gaplashamiz – biz hozir siz bilan gaplashmoqchi boʻlganimiz – bu birinchi navbatda biznes-loyihalar, bu aslo hammamiz koʻnikib qolgan konservativ biznes emas.
Albatta, startaplar biznes-loyihalarga muqobil variant boʻlishi mumkin.
Startap biznesdan yoki kompaniya tashkil qilishdan nimasi bilan farq qiladi?
Hammasi oydek ravshan!
- Startap. Nafaqat taklif yaratadi, balki ilgari boʻlmagan yangi bozorni shakllantiradi. Karshering misol boʻlishi mumkin.
Oʻz davrida ijtimoiy tarmoqlar.
- Biznes. Amaldagi bozorga yangi takliflar bilan kirib boradi.
Yaʼni, startap bozorni yaratadi, klassik biznes esa yoʻq. Bu shunchalik yomonmi? Keling oʻylab koʻramiz.
Biznes – bu xavf, chunki, siz oʻz gʻoyangiz bilan yonib kul boʻlishingiz mumkin. Yoki uni u qadar puxta yoʻlga qoʻyolmasligingiz ehtimoldan holi emas. Startapda esa siz bozorni toʻgʻri anglay olmasligingiz mumkin.
Yaʼni, u umuman yoʻlga qoʻyilmasligi – mahsulotingizga ehtiyoj va talab boʻlmasligi, siz butunlay kuyib qolishingiz mumkin.
Kickstarter bizga startaplarni xadʼya etdi. Lekin hali ularni oʻzlashtirishdan ancha yiroqmiz. Bunga sabab soliqdagi oʻziga hosliklar, intellektual mulkning muhofazalanmaganligi va boshqalar.
Bu esa, toʻlaqonli biznes bilan solishtirish mumkin boʻlgan mablagʻlar startap yaratish uchun muhimligidan dalolat beradi.
Sizdan boʻlak ishlashi mumkin boʻlgan kichik-kichik biznes-loyihalar – juda yaxshi fikr.
Juda boʻlmaganda – toʻgʻri tashkil etilganda ular uchun soliq toʻlashning keragi boʻlmaydi, boshqa tarafdan – moliyaviy jihatlarni oʻzingiz nazorat qilib borishingiz kerak boʻladi ( salom MoneyManager).
Eng asosiysi – ular koʻp sarmoya talab qilmaydi. Jiddiy korxona 1000 dollarlik sarmoya bilan ham ishlab ketishi, ikki xaftada sarf-harajatlar qoplanishi va yana ikki xaftadan soʻng daromad bosqichga chiqishi mumkin.
Bu loyihani yopib – siz 2000 dollarlik daromadning egasi boʻlasiz. Uni yangi loyihaga kiritishingiz mumkin boʻladi. Shu tariqa oʻzingiz orzu qilgan keng qamrovli va yirik bir biznes uchun mablagʻ yigʻmaguningizcha ushbu jarayon davom etaveradi.
Qiziqib qoldingizmi? Aloqada qoling! Ertaga men sizga internet tufayli ishlaydigan va ortiqcha sarf-harajatlarni talab qilmaydigan 5 xil biznes-gʻoya haqida soʻzlab beraman.
#hayot_haqida, #World_wide_web, #Biznes_stat
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗