Maqolalarga o‘tish
komplexsoft.
Bosh sahifa ↗
← BARCHA MAQOLALAR

#Oʻyla, #Startap_qil!

Micro Бизнес Блог · Matn asl tilida

#Oʻyla, #Startap_qil! (👉КИРИЛЧА) 📚Do‘st bilan biznes yuritish – yakuniy qism. Shartnoma imzolang Sheriklik bitimdan boshlangani emas, u bilan mustahkamlangani yaxshi. O‘z shartnomamizni biz brend yaratishga halal beruvchi ortiqcha hissiyotlarni chetdan o‘tishimiz uchun imzoladik. To‘g‘ri, shartnomasiz ham ishlash mumkin. Buni Stereo marketingdagi yigitlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Ular besh yillik faoliyatlari davomida umuman shartnoma imzolashmagan. Lekin menimcha ochiqlik va ishonch shartnoma bilan yanada mustahkamlanadi. Teskarisiga ko‘radigan bo‘lsak, birorta shartnoma mijoz va foyda o‘maradigan sheriklarni qutqara olmaydi. Kutilmagan sovg‘alarga tayyor turing. Eng qiyini – birgalikda nimalarnidir rejalashtirish, birgalikda qurilgan maqsadlarga ishonish va ayni paytda hammasi o‘ylaganingdek bo‘lmasligini tushunish. Va buni to‘g‘ri qabul qilish! Aynan sheriklik biznesida bu yanada qadrlanadi. Siz bir o‘zingiz bo‘lganingizda faqat o‘zingizni ayblaysiz. Yoningizda yana bitta kalla bo‘lsa, butun javobgarlikni sherikning elkasiga yuklashingiz mumkin. Ko‘pchilik shunday qiladi. Shuning oqibatida barbod bo‘ladi. Hulosa o‘rnida nimalarni yodda tutish lozim! · Yangi biznesni bo‘lishmang. · O‘xshash qadriyatli sherik toping. · O‘zingizga qarang, ishlang – sherigingizga baho berishdan to‘xtang. · Ko‘proq muloqotda bo‘ling · Majburiyatlarni taqsimlang. · Pul hisobini yurgizing. · Bir-biringizga g‘amxo‘rlik qiling. · Shartnoma imzolang. · Sherigingizni umumiy muvaffaqiyatsizlikda ayblamang. P.S. Biz bajonidil yanada tajribaliroq, ikki kishining sherikligi asosiga qurilgan tadbirkorlarning biznesni saqlab qolish to‘g‘risidagi izohlarini eshitamiz.
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING

Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.

Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.

Bepul treningni tomosha qilish ↗