#Oʻyla, #Startap_qil!
(👉КИРИЛЧА)
Do‘st bilan biznes yuritish – uchinchi qism. Pulni hisoblab boring
Sheriklikning birinchi kunidanoq moliya sohasida sizda mutloq tartib bo‘lishi kerak. Har biringiz nima kelganiyu qaerga ketganini tiyin-tiyinigacha yaxshi bilishingiz kerak.
Biz har doim pulning hisobini qilganmiz. Bizda loyihalar rentabelligi bo‘yicha aniq tushuncha bo‘lgan, hisobimizda qancha pul boru, ulardan qanchasi bizniki? Mening biznes-hamkorim tajribasi menga yordam berdi. Bunda hamma narsa tartibli edi va biz keyinchalik mojaro keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan barcha tushunmovchiliklarni birinchi kundanoq bartaraf qildik.
G‘amxo‘rlik qiling va qo‘llab-quvvalang.
Aksariyat sheriklar xotinlari yoki erlaridan ko‘ra bir-birlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishadi. Ish ikkinchi oilaga aylanib qoladi va bu erda ham sizni biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlab turishlarini xohlaysiz.
Biznesdagi katta, tajribali va hissiyotsiz erkaklar hozir aytishlari mumkin, bu nima degan gap – men biznes yuritayapman, qo‘g‘irchoq o‘ynayotganim yo‘q. Va aldaydilar. SHundaylar ham borki, o‘ta quruqlar, lekin ularning soni ancha kamroq – deyarli barchaga qo‘llab-quvvatlash kerak. Hech bo‘lmasa goh-gohida. Hech bo‘lmasa og‘zaki qo‘llab-quvvatlash.
Shunday ekan, sherigingizni juda zo‘r olib borilgan muzokaralar, yaxshi kampaniya uchun maqtab turishni unutmang. Zero u bir oy mobaynida biror marta xato ish qilib sharmanda bo‘lmadi. Ta’tilda yaxshi xordiq chiqarib kelishiga ruhsat bering. G‘amxo‘rlik – ko‘z yoshini artib qo‘yish emas, balki tirgak bo‘lish va o‘z kuchiga ishonch uyg‘otish demakdir.
Davomi bor...
MICROBUSINESS · BEPUL TRENING
Tarqoq harakatlardan — aniq tizimga.
Biznesingizni tizimlashtirish haqida 24 daqiqalik bepul amaliy video-trening.
Bepul treningni tomosha qilish ↗