К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

​​#Oʻyla, #Startap_qil!

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

​​#Oʻyla, #Startap_qil! (👉КИРИЛЧА) Do‘st bilan biznes yuritish – uchinchi qism. Pulni hisoblab boring Sheriklikning birinchi kunidanoq moliya sohasida sizda mutloq tartib bo‘lishi kerak. Har biringiz nima kelganiyu qaerga ketganini tiyin-tiyinigacha yaxshi bilishingiz kerak. Biz har doim pulning hisobini qilganmiz. Bizda loyihalar rentabelligi bo‘yicha aniq tushuncha bo‘lgan, hisobimizda qancha pul boru, ulardan qanchasi bizniki? Mening biznes-hamkorim tajribasi menga yordam berdi. Bunda hamma narsa tartibli edi va biz keyinchalik mojaro keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan barcha tushunmovchiliklarni birinchi kundanoq bartaraf qildik. G‘amxo‘rlik qiling va qo‘llab-quvvalang. Aksariyat sheriklar xotinlari yoki erlaridan ko‘ra bir-birlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishadi. Ish ikkinchi oilaga aylanib qoladi va bu erda ham sizni biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlab turishlarini xohlaysiz. Biznesdagi katta, tajribali va hissiyotsiz erkaklar hozir aytishlari mumkin, bu nima degan gap – men biznes yuritayapman, qo‘g‘irchoq o‘ynayotganim yo‘q. Va aldaydilar. SHundaylar ham borki, o‘ta quruqlar, lekin ularning soni ancha kamroq – deyarli barchaga qo‘llab-quvvatlash kerak. Hech bo‘lmasa goh-gohida. Hech bo‘lmasa og‘zaki qo‘llab-quvvatlash. Shunday ekan, sherigingizni juda zo‘r olib borilgan muzokaralar, yaxshi kampaniya uchun maqtab turishni unutmang. Zero u bir oy mobaynida biror marta xato ish qilib sharmanda bo‘lmadi. Ta’tilda yaxshi xordiq chiqarib kelishiga ruhsat bering. G‘amxo‘rlik – ko‘z yoshini artib qo‘yish emas, balki tirgak bo‘lish va o‘z kuchiga ishonch uyg‘otish demakdir. Davomi bor...
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗