📚 Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror
(2- qism)
(👉КИРИЛЧАДА )
Yollanma ishchi boʼlib oylikka ishlagan paytingiz siz koʼnglingizga quloq solib nima uchun aynan shu ishda ishlayotganingizni tan olmasligingiz mumkin.
Аxir real sabablar siz atrofdagilarga aytib yurganingizdan butunlay farq qilishi mumkin.
Eng avvalo, bu oʼzgaruvchan davrga hos odat va qoʼrquvlardir. Keyin ishxonaning qulay joylashuvi, yaxshi jadval, bevosita rahbar bilan aʼlo darajadagi munosabatlar, ishqiy aloqalar ( ishdagi ishqga oʼxshash ), munosib ish haqi, barqarorlikka intilish va boshqalar...
Аyni paytda atrofdagilarga bu haqda umuman gapirmang. Аxir doʼstlaringizga oʼzgarishlardan qoʼrqishingizni, xotiningizga dangasa ekanligingizni aytmaysizku. Oʼzingizga oʼzingiz ham haqiqatni aytmaysiz. Аxir biz koʼpincha shunday qilamizku.
Shunday qilib, biznes mulkdori bunday hashamni oʼziga ravo koʼrolmaydi. Аgar siz oʼzingizga oʼz qilayotgan ishlaringiz va sabablar, xatoliklaringiz toʼgʼrisida haqiqatni aytmasangiz, biznesingiz magʼlubiyatga mahkum.
Oʼz biznesingizni ochishingiz uchun barcha ilhomlantiruvchi sabablar toʼgʼri kelaveradi. Lekin, faoliyatning eng boshidan oʼzingizni aldashga urinmang.
Аgar siz oʼz ishingizni ochayotgan boʼlsangiz, va bu bilan qolgan umringizning hammasini ish bilan taʼminlashni xohlasangiz, yoki nihoyatda badavlat odam boʼlish niyatida boʼlsangiz siz buni tushunib yetishingiz kerak. Bunday yondoshuvning qoʼrqinchli joyi yoʼq. Gʼoyalar qoniqtiradi, vaqt oʼtishi bilan inson ruhiyati oʼzgarib boradi. Qanchadir vaqt oʼtgandan keyin inson umrining asosiy bosqichida hammasini qaytdan koʼrib chiqasiz, lekin yana oʼzingizni aldamang.
Nima uchun men bunga shunchalik eʼtibor qaratayapman? Аgar eng avvalboshidan siz oʼzingizga faqat haqiqatni gapirsangiz, oʼz harakatlaringiz sababini toʼgʼri tahlil qilsangiz, siz qiyin damlarni oson yengib oʼtasiz. Oʼzingizni ehtiyot qilgingiz keladi, rahm qilasiz.
Gap shundaki, tashkilotingiz, hayotingizdagi barcha ishlar faqat oʼzingizga bogʼliq.
-Ishlar yaxshi ketayaptimi – demak siz zoʼrsiz, balli!
-Ishlar yomon ketayaptimi? Siz umuman zoʼr emassiz.
Jahon konʼyunkturasi yomonligi toʼgʼrisidagi hikoyalar bu holatda yordamga kelmaydi. Yomonmi – demak, yomon. Natijasi keyin koʼzga koʼrinadi. Siz aybdorsiz, xodim tanlashda adashgansiz, hammasini oldindan tahlil qilib koʼrmasdan ish boshlagansiz, ortiqcha pul sarflanishiga yoʼq qoʼygansiz, shartnoma shartlari bilan tanishmagansiz va boshqalar.
Vaziyatning sinchkovlik bilan tahlil qilinishi, oʼz xatolaringizni inobatga olishingiz sizga qiyinchiliklarga qarshi kurashish va inqirozdan gʼolib boʼlib chiqishingizga yordam beradi.
Lekin bunga faqatgina oʼzingizga biznes mulkdori sifatida munosabatda boʼlishingiz natijasida erisha olasiz.
#startap_qil
#oʻyla
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗