К содержимому
komplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

💰 Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror (5-qism)

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

💰 Oʼz biznesingizni ochish toʼgʼrisidagi qaror (5-qism) (👉КИРИЛЧАДА)  Biznes-rejalashtirishda eng qiyini korxonaning “maqsadi” yoki boshqacha aytganda, “missiyasi”ni bayon qilish sanaladi. Bunday vazifaga hurmat bilan yondoshing. U siz aslida nima ish bilan shugʼullanishingiz kerakligini ochib berishi, biznesning uzoq muddatli, yoki umrboqiy yoʼnalishini belgilab berishi kerak. Yuqorida tilga olingan maqsad formulirovkasida imkoni boricha biznes rejangizning gʼoyasi va uning antiqaligini aniq tasvirlab berishga harakat qiling.  Gʼoya va noyoblik aynan maqsadda uygʼunlashadi. Аyni paytda shuni ham tushunish kerakki, noyoblik deganda faqat biznes-gʼoyaning noyobligini nazarda tutish kerak emas.  Gʼoya oddiy boʼlishi mumkin. Masalan, uyingizda oziq-ovqat doʼkonini ochish gʼoyasi. Аgar yon atrofda boshqa doʼkonlar boʼlmasa, unda boshqalardan ajralib turuvchi qandaydir hislati boʼlishi kerak. Masalan,  -ishni tashkil qilish,  -mahsulot turini koʼpaytirish, -koʼlamini kengaytirish va yondoshuvni ixtisoslashtirish.  Boshqacha boʼlishi mumkin emas.  Biznesning bu kabi oʼziga hos jihatisiz siz rivojlanish istiqboliga u qadar ega boʼlmagan oddiy bir firmani qoʼlga kiritasiz. Hech qachon ish boshlashda hech kimga oʼxshamaydigan jihatlardan voz kechmang. Raqobatchilardan ajralib turuvchi jihatlaringiz boʼlsin.  Formulirovkasi bitta qisqa jumladan iborat boʼlishi kerak emas. Men hatto hajmi yarim varraqqacha boʼlgan formulirovkalarni uchratganman. Fikrimcha, bu juda koʼp. Lekin agar undan kamroq qilolmasangiz, nima ham derdik, yozavering. Muvaffaqiyatli kompaniyalarning biznesga oid formulirovkalarini izlab oʼrganing. Ular ayniqsa xorijliklarda yaxshi shakllantirilgan boʼladi.  Ular bu jihatlarga jiddiy va oʼta sinchkov eʼtibor qaratishadi. Ularning kompaniyalari ham doim puxta oʼylangan va har bir xodimning eʼtiboriga yetkazilgan missiyani bajaradi. Oʼqib koʼring va oʼylab koʼring.   Juda muvaffaqiyatli va yaxshi oʼylangan formulirovkalar ham bor. Tashkilotning vazifalari toʼgʼrisidagi fikrlar qanchalik sodda boʼlmasin, ular kompaniyaning asosiy vazifalari va qay maqsadlarga intilishini koʼrsatib turadi. davomi bor... #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗