К содержимому
komplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

​​#startap_qil , #Oʻyla! , #ro‘zg‘or_haqida , #keys

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

​​#startap_qil , #Oʻyla! , #ro‘zg‘or_haqida , #keys   ( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ ) Qisqacha asosiy mavzu haqida. Subarenda – bundan osonini topolmaysiz. Bugun kichik biznes uchun subarenda to‘g‘risida gaplashmoqchi edik. Xabari yo‘qlar uchun ma’lumot: subarenda degani ikkilamchi arenda, ya’ni ijara deganidir. Va u birlamchi ijaraga nisbatan ancha qimmat ko‘rinadi. Ayniqsa kichik biznes uchun. Kimdir Sizning pullaringizni o‘marayotgandek tuyulishi ham mumkin... lekin aslida bu yagona to‘g‘ri yo‘l. Subarenda, qanchalik qimmat ekaniga qaramasdan – deyarli barcha muammolarning echimi sanaladi. Bu muammolar ish endi boshlangan paytda ayniqsa agar tajribangiz bo‘lmasa, haqiqatdan ham juda ko‘p bo‘ladi. -  ish makonini tashkil etish; -  yong‘in xavfsizligi; va siz ish boshlashingiz bilanoq eng birinchilardan kirib keladigan yigitlar. Albatta, bir urinib ko‘rish va hammasini risoladagidek qilish ham mumkin. Bir amallab qutulib ketsa ham bo‘ladi. Boshqacha yo‘l tutish, subarenda uchun kattaroq haq to‘lash va belgilangan narhni e’tiborga olib qo‘yish ham mumkin. Barcha muammolarni sizning ijarachingiz hal qiladi. Bu sizning hayotingizni ancha mushkullardan halos qiladi. Asosiysi vaqtingizni tejaydi. Vaqt esa – pul demakdir. Plyus tomoni - katta bo‘lmagan makonlarning ijaraga olinishi chakana savdoga yo‘l ochadi. Chunki, bir necha kvadrat metrlik bir nechta binoni ijaraga olish va ular orqali mahsulotlarni sotish imkonini beradi. Bir eslab ko‘ring-a, bundan bor-yo‘g‘i 10-15 yil muqaddam videokassetalar, dividi disklar va boshqa xil shunga o‘xshash mahsulotlarni sotishga mo‘ljallangan kichik-kichik do‘konlar atrofimizda to‘lib ketgan edi. Ularning barchasi sub-arenda bo‘yicha ishlardi. Chunki bu eng qulay va ishonchli usul edi. P.S. Hozirgi zamonaviy sharoitlarda ham ishlaydigan bilimga ega bo‘lmoqchimisiz? Layk bosing, va biz sizga gapirib beramiz! 👍 Birgina xabarga layk bosish va do'stlarga ulashish orqali kanalni qo'llab turishingiz mumkin!🙏
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗