Oddiylik haqida oddiy boʻlmagan fikrlar!
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Tadbirkorlik haqidagi konservativ qarashlarni yorib tashlaydigan 5 ta biznes-gʻoya.
Joyingizdan tilla koniga
5-oʻrin: onlayn – kepak bozori sotuvchisi
Umuman olganda buni hatto toʻlaqonli biznes deb yuritish ham qiyin. Toʻgʻrirogʻi bu xususiy tadbirkorlik faoliyati. Mohiyati oddiy – mahsulotlarni oʻziga mos boʻlmagan arzon narhda sotayotgan internet auksionlar va onlayn kepak bozorlar, yaʼni kepak narhida mahsulot sotuvchi bozorlarni titib chiqamiz. Bor narsani sotib olamiz. Hammasini xuddi oʻsha yerda sotib yuboramiz, tabiiyki, qimmatroqqa...
4-oʻrin: Intenet-doʻkoni egasi
Eng oddiy sotuv - Taobao yoki AlieXpress orqali ulgurji narhlada barcha kerakli mahsulotlarni sotib olamiz. Oʻz saytimizni yaratamiz va oʻsha yerda sotamiz. Qoʻlimizda qaysidir mahsulot yoʻq boʻlsa-da, ehtiyoj tugʻilsa toʻgʻridan-toʻgʻri mahsulot yetkazib beruvchining oʻzidan buyurtma asosida sotib olishimiz mumkin. Istagan narsamizni sotishimiz mumkin.
Bunda minimal buxgalteriya bilimlari kerak boʻladi. Shuningdek, birinchi xaridni amalga oshirish uchun dastlabki sarmoya ham talab qilinadi. Oʻz shahrimizda oflayn doʻkon ochish hisobiga birinchi masshtablashtirishga ham qoʻl urishimiz mumkin.
3-oʻrin: Infobiznesmen
Sizda maʼlumot bor. Internetda bu maʼlumot qiziqarli boʻlishi mumkin boʻlgan bir dunyo odam bor. Eng qiyini – maʼlumot ulashish emas, balki kursni sotish va uni maksimal darajada eʼtiborni jalb qila oladigan qilish – xatto siz eng oddiy haqiqatni bayon qilayotgan boʻlsangiz ham.
Nima uchun bu kasb-kor emas, balki biznes? Chunki, yaxshi sotuvlar uchun arbitraj trafikli reklamani koʻtarasiga sotib olish kerak boʻladi.
2-oʻrin: Trafik arbitrajchisi
Mana kasb emas, biznes ham emaslar roʻyhatida ikkinchi oʻrinda turuvchi – traffik arbitrajiga ham yetib keldik. Ikki ogʻiz soʻz bilan aytganda, bir joydan trafik sotib olib, boshqa joyda sotamiz.
Yaʼni, begonalarning sotuvlarini foiz hisobidan amalga oshirib beramiz. Oldingi turdan farqli ravishda oʻz mahsulotimizni ishlab chiqishimizga ehtiyoj boʻlmaydi - shunchaki yaxshi konversiya beradigan sinalgan savdo maydonchalari bilan mustahkam moliyaviy munosabatlarni oʻrnatsak boʻlgani.
1-oʻrin: Frilanserlik
Talab qilinadigani – uncha koʻp boʻlmagan boshlangʻich kapital. Siz frilans portalda roʻyhatdan oʻtasiz – va barchaga qaysidir bir “kompaniya” koʻrinishida xizmatlar taklif etasiz. Keyin esa boshqa maydonchalarda ijrochilarni topasiz – arzonroqqa. Doimiy ijrochi va mijozlar bazasini shakllantirganingizdan keyin, oʻz biznesingizni avtomatlashtirasiz – vositachilik orqali foizlarga ega boʻlasiz!
Sizga taqdim etilgan holatlardan birortasi klassik biznesga oʻxshamasa-da – bularning barchasi yarimkasb, yarim tadbirkorlik faoliyati sanaladi. Bunda minimal moliyaviy sarf-harajat va yuqori darajadagi daromad kafolatlangan. Har bir yoʻnalishda yagona cheklov – internetning ichki tuzilmasi haqida oz boʻlsa-da bilimga ega boʻlish.
Layk bos, va ertaga bugun taqdim etilgan gʻoyalardan birini batafsil koʻrib chiqamiz.
#keys
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗