К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

Siz tadbirkormisiz yoki kashfiyotchimi?

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

Siz tadbirkormisiz yoki kashfiyotchimi? "Maqsad" - siz kelajakda erishmoqchi bo'lgan natijadir, "tizim" (sistema) - sizning natijalaringizni olish va uni ushlab turish uchun muntazam ravishda amalga oshirayotgan ishingizdir ...  Agar kundalik biror narsa qilsangiz, bu tizimdir. kelajakda biror narsa qilmoqchi bo'lsangiz - faqat maqsadingiz bor. " © Scott Adams 90% muvaffaqiyat va "bosh og'riq"ning 90%i - sistemani qurilishida! - Agar siz bir sportchi bo'lsangiz va musobaqada g'olib bo'lishni xohlasangiz, u holda tizimingiz - mashg'ulot (trenirovka) rejangiz hisoblanadi. - Agar siz kitob yozishni istasangiz, sizning sistemangiz - kun bo'yi uning qismlarini yozadigan jadvaldir. - Agar siz tadbirkor bo'lsangiz va katta biznesni tashkil qilmoqchi bo'lsangiz, u holda tizimingiz - vaqt va odamlar tomonidan rejalashtirilgan savdo jarayoni. Ko'p odamlar shunday deb o'ylashadi: "Biz asosiy narsani qildik - mahsulotni yaratdik, endi biz sotuvchilarni va marketologlarni yollash uchun pul topamiz va ular bizni mahsulotni sotadilar". Yo'q, tizim qurmasdan, muntazam va ortib boradigan savdo sistemasiga erishilmaydi. Har qanday "noyob va o'xshashi yo'q" mahsulotni yaratishdan ko'ra va uni "mo''jiza orqali" sotishni umid qilgandan ko'ra, sotilishi mumkin bo'lgan "noyob va analogi yoq" savdo tizimini yaratish yaxshiroqdir. Aytgancha, savdo tizimini yaratish har qanday tadbirkor uchun bir xil qiziqarli masala. Hatto shunday desa ham bo'ladi - agar mahsulotingizni savdo-sotish vazifasi siz uchun qiziqarli bo'lmasa, siz tadbirkor emas, balki ixtirochisiz, agar shunday bo'lsa, u holda bu butunlay boshqa bir "hikoya". #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗