💡Zamonaviy biznesda 6 ta “YO’Q”
"Yo'q" - biznesdagi eng chegaralovchi so'zlardan biri, "ha" – esa bu eng xavflilaridan biri...
Hamma narsaga rozi bo'lib, biz eng qimmatbaho resurs vaqtni yo'qotamiz. Ammo dunyo aqldan ozgan va endi biz "yo'q", deya yangi imkoniyatlarga "ha" deymiz:
1. Katta investitsiyalarga “YO'Q”
Kraudfanding platformalari, biznes-inkubatorlar, investitsiya jamg'armalari, aksiya va qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritgan uzoqni ko’ra biluvchi buvi - har bir tadbirkor allaqachon o’z investoriga ega, uni topish qoldi xolos.
Bundan tashqari, yosh va dadil startaplar allaqachon qimmatbaho kostyumlardagi jiddiy odamlarning biznes qanaqa bo'lishi mumkinligi haqidagi fikrlarini o’zgartirib yubordilar.
2. Zerikarli ofis muhitlariga “YO’Q”
Zamonaviy tadbirkorning bosh ofisi - Internet. Tez ishlovchi Wi-Fi tarmog’i o’nlab ofis xonalarning o’rnini bosa oladi.
3. Katta xodimlar guruhiga “YO'Q”
Insoniyatga bo’lgan muhabbat bilan aytish mumkinki kompaniya xodimlarining 20%i ham o'zlari, ham qolgan 80% i uchun ishlaydi va bu o’z isbotini topgan.
Masofadan ishlash - juda oddiy hodisa. Sizning shaxsiy yordamchingiz dunyoning boshqa tarafida yashashi mumkin va bu sizlarning tog'larni talqon qilishingizga to'sqinlik qilmaydi.
4. Muvofiq vaqtga “YO’Q”
Munosib vaqt va noodatiy g'oyalar allaqachon Uol Strit yigitlari tomonidan egallangan. Bizga esa kichkina narsalar bilan kifoyalan ishimiz qolgan: ertalab uyg'onish va prognozlar va sharoitlarga qaramasdan ish boshlash.
5. Biznes rejaga “YO’Q”
Agar sizda hech qanday reja bo’lmasa-bu tahlikali, biznes rejaning yo’qligini kechirsa bo’ladi.
6. Mukammallikka “YO’Q”
Xatolar qanchalik ko’p bo'lsa, YouTube da aytilishi mumkin bo’lgan gap ham zo’r bo’ladi. Va agar o'zingizning ishingizni birinchi martada tashkil qilmasangiz-siz deyarli biznes-murabbiysiz.
Onlayn kurslarni tezda tashkil qiling va "do'stlarga xabar berish" tugmasini bosing.
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗