NPS ko‘rsatkichi haqiqatan o‘ldimi?
Biz odatda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini uchta asosiy ko‘rsatkich – CSAT, CES va NPS orqali baholaymiz.
NPS (Net Promoter Score) 2003 yili Bain & Co maslahatchisi Fred Reycheld tomonidan taklif qilingan. Uning maqsadi – mijozlarning brendni tavsiya qilish ehtimolini baholab, bu orqali kompaniya o‘sishiga taʼsirini aniqlash edi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, AQSHda o‘rtacha NPS 16% bo‘lgan, eBay va Amazon kabi yetakchilarda esa 75% ga yetgan. Bu ko‘rsatkich V2C bozorlarida ayniqsa samarali ekanini ko‘rsatdi. Hatto 1 punktga o‘sishi kelgusi chorakda foydani 1,46% ga oshirishini bashorat qilgan.
NPS ning tushishi
Oxirgi yillarda NPS ko‘rsatkichi butun dunyo bo‘ylab pasaya boshladi. AQSHda o‘rtacha NPS 30% dan 15% ga tushdi. Bu ko‘rsatkich mijozlar harakatlarini emas, balki kompaniyani tavsiya qilish niyatlarini baholaydi, shuning uchun ayniqsa iqtisodiy inqiroz sharoitida uning ishonchliligi kamaydi.
Fred Reycheldning fikricha, NPS o‘rniga endilikda EGR (earned growth rate) ishlatilishi kerak. U mijozlarning takroriy xaridlari va tavsiyalari orqali kelgan daromadni baholaydi. Masalan, Zapposda takroriy xaridlar 75% ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, kompaniya o‘sishini baholash uchun NRR (net revenue retention) va ENC (earned new customer) ko‘rsatkichlaridan ham foydalanish mumkin. Ular mavjud mijozlardan olinadigan daromad va yangi mijozlarning tavsiyalar hissasini ko‘rsatadi.
Xulosa
EGR va boshqa yangi ko‘rsatkichlar mukammal yechim bo‘lishi mumkin, lekin ularni hisoblash oson emas va biznes turiga bog‘liq. Shuning uchun NPS hanuz muhim rol o‘ynaydi. Unga "vafot etdi" deb bahoi berish mumkin emas.
Siz nima deb o‘ylaysiz?
📌 Yana bir narsa! Agar do‘stingiz bilan muhokama qilsangiz, xulosalarni yaxshiroq o‘zlashtirasiz. Shuning uchun ushbu kanalni do‘stingizga ham yuboring.
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
----------------------
Raqamlarni hisoblang, biznes bilan shug‘ullaning!
Telegram | Instagram | YouTube | 🌐
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗