К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

Internet doʻkon egasi toʻgʻrisida batafsil

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

Internet doʻkon egasi toʻgʻrisida batafsil (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Yangi rukn ochamiz: #keys. Bu erda turli xil biznes-g‘oyalarni ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Ular haqida yaxshi va yomon taraflaridan kelib chiqib so‘z yuritamiz. Bundan tashqari – agar sizda g‘oyalar yoki ularni ishga tushirish bo‘yicha savol tug‘ilsa – siz har doim shaxsan menga yozishingiz va maslahat olishingiz mumkin bo‘ladi. Koʻp jihatdan bu goya boshqa biznes gʻoyalarga oʻxshab ketadi. Lekin bu yerda yanada shaffofroq – bozorda yaxshi moslashib olgan va internetda istiqbolli oʻrin egallashga urinayotgan konservatorlar uchun juda mos keladi. Mohiyati: oddiy doʻkon yaratishda boʻlgani kabi, aholiga qulay mahsulotlar taklif etish uchun qulay xududiy maydoncha ( keyin esa xududiy boʻlmagan maydoncha) yaratamiz. Ustunlik jihatlari: xosting ijaraga olish, inshoot ijarasidan ancha arzon tushadi. Boshlangʻich sarmoya: tanlangan sohaga bogʻliq. Umuman olganda xosting, sayt, dizayn, dvijokga ( tahminan 2000 dollar), boshlamasiga mahsulot sotib olishga 4-6 ming dollar kerak boʻladi, maqsad xaridorlarni mahsulot yetib kelguncha kuttirib qoʻymaslik. Daromad: bir tovar aylanmasidan 3 foiz va undan yuqoriroq. Hammasi omadga, hasislikka – va narh-navoga bogʻliq. Avvaliga raqobatchilarnikidan koʻra narhlarni pastroq qilish. Doʻkon ochilganidan keyin 6-9 oy ichida agregatorlarda past narh doimiy xaidorlarni jalb qila oladi – keyinroq daromad boʻlishi uchun narhlarni sekin-sekin oʻzgartirish mumkin. Xavf-xatar: .uz domenida muammo yoʻq. Lekin, agar siz Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida katta bozorga chiqish niyatida boʻlsangiz, u holda .ru domenidan ehtiyotroq boʻlish kerak. Agar kompaniyani Ru domen xududidagi kompaniyada roʻyhatdan oʻtkazadigan boʻlsangiz, soliqlarni rasmiylashtirishda muammolar paydo boʻlishi mumkin, zero, internet doʻkonlar uchun kassa apparati muhim – bu esa mahsulot sotuvida maʼlum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun kompaniyani Ukrainada, yoki Yevrozonada qayd qildirish kerak (eng muhimi offshorda emas) maqsad soliq toʻlash jarayonini osonlashtirish va kassa apparatlari bilan oʻralashib qolmaslik. Qolgan holatlarda xuddi eng oddiy doʻkonlar bilan boʻlgani kabi – daromadning bir qismini nolikvid mahsulot sotib olishga sarflab qoʻyish mumkin. Eslatma: Agar siz nafaqat Oʻzbekistonda, balki Ru.zonada biznes yuritishga qaror qilsangiz, servislar koʻrinishida taqdim etilayotgan onlayn kassa apparatlarini qidirib koʻrishingiz mumkin boʻladi. YAKUN: 2000 dollarlik boshlangʻich sarmoya kiritilganda ( bundan ancha arzon boʻlishi ham mumkin edi, ammo natija ham shunga mos boʻlishi kerak ) xohlagan narsangizni xohlagan odamingizga sotishingiz mumkin boʻladi. Reklamani sotib olish mumkin, narh-navoni oʻynatish mumkin – oʻzingizni prays-agregatorlarda aks ettirishingiz, sheriklik keshbeki yoki chegirmalar taqdim etishingiz ham mumkin. Internetda klassik va konservativ biznes kamroq sarf-harajat talab qiladi. Bugunga yetar! 👍 Layk bosing va ertaga yana bir gʻoyani koʻrib chiqamiz. #keys
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗