💰Rahbarning bosh ko‘rsatkichi.
Ishbilarmonlar o‘z bizneslari haqida maqtangan paytlarida turli ko‘rsatkichlarga ishora qilishadi.
Bittasi – Marketing fanati va Yandeks.Metrikadagi ko‘rsatkichlari bilan maqtanadi.
Ikkinchisi: “Qarang, menda qanday pul aylanmasi”
Uchinchisi o‘z ofisining necha kvadrat metr maydonga ega ekani va unda necha nafar xodim ishlashi bilan g‘ururlanadi.
Lekin ularning barchasi noto‘g‘ri fikrlaydi
Kuchli marketing, har doim ham kuchli biznesni anglatmaydi. Istalgancha vositalarni ishga solishingiz, lekin ularning birortasi ish bermasligi, o‘zini oqlamasligi mumkin – bu noto‘g‘ri.
Tovar aylanmasi hajmining katta ekani ham hech narsa bermaydi. Bir oyda milliard so'm mablag‘ni oborotga kiriting. Ammo, bir tiyin ham foyda qilmasligingiz mumkin.
Uyda o‘tirib ham yaxshi daromad qilishingiz mumkin. "Tashkent-sitida" chiroyli bir ofis, korporativ libos kiygan bir to‘da hodimlar – bu albatta zo‘r!
Lekin, agar o‘zini oqlasa. Katta ofis va bo‘limlar ko‘pligi qat’iylik va jiddiylik tasavvurini yuzaga keltirishi emas, eng avvalo samara keltirib biznesni rivojlantirishga olib kelishi kerak.
Rahbarning barcha hatti-harakatlari bir maqsadga etaklashi kerak – sof daromadga.
Agar hatti-harakatlar sof daromadning o‘sishiga sabab bo‘lsa, unda natija haqida gapirsa bo‘ladi, aks holda - undan ma’no yo‘q.
Bu qolgan ko‘rsatkichlar kerak emasligini anglatmaydi.
Kerak – lekin agar siz ularni sof daromad bilan bog‘lay olsangiz.
Agar siz, blog foydalanuvchilari sonining oshishi qanday daromad keltirishini bilsangiz – oshirishda davom eting.
Agar siz yangi ofis yordamida sotuvlar bo‘yicha menejerlarni ko‘proq yollashingiz va ular daromadingizni 30 foizga oshirib berishlariga ishonsangiz - yangi ofisga ko‘chib o‘ting.
Daromad - rahbar uchun asosiy ko‘rsatkich.
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗