К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

​​Onlayn – "kepak" sotuvchi bozori to‘g‘risida batafsil

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

​​Onlayn – "kepak" sotuvchi bozori to‘g‘risida batafsil ( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ ) Kecha men sizga ish g‘oyasi va internet doʻkon egasi sifatida biznesni tashkil qilish to‘g‘risida o‘z fikrlarimni gapirib bergan edim, bugun esa yana bir g’oya xaqida gaplashamiz. Boshlamasiga aytib qo‘yay – bu hayotga tadbiq etish mumkin bo‘lgan u qadar oson bo‘lmagan g‘oyalardan biridir. U masshtablashishga qodirmi? Ha! Sizning o‘rningizga pozitsiyalar monitoringini olib boradigan maxsus soft yaratishingiz, yoki bo‘lmasa odam yollashingiz mumkin. Asosiy daromad sizning o‘z narhidan ancha arzon turuvchi nimadir topishingizdan kelib chiqadi. Bular: 1.    Kolleksiya buyumlari; 2.    Narhi ancha kamaytirilgan mahsulotlar; 3.    Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan texnika ( Asosan eski texnika ) 4.    Butlovchi qismlar. 5.    Biz uchun eksklyuziv hisoblangan yoki aksincha ommaviylashib ketgan xorij mahsulotlari. Biznes va uning daromadliligini stabillashtirish mumkinmi? Yo‘q! Pul topish asosan omadga va sarflangan vaqtga bog‘liq. Qanday qiyinchilik yuzga kelishi mumkin: asosiy qiyinchilik – hammasi biz o‘ylaganchalik oson emasligida. Agar siz biror bir sohada mutaxassis bo‘lmasangiz, u holda bu biznesga kirishingiz amri mahol. Qancha pul topish mumkin: oyiga 10 ming dollargacha. O‘rtacha daromad – mustaqil ishlaganda oyiga 600-1500 dollar va 24/7 axborotni filtrlab turuvchi yollanma ishchilardan foydalangan holda 2000 dollardan 5000 dollargacha. Sarf-harajatlar: Vaqt va xodimlar uchun maosh ( yaxshisi – muvaffaqiyatli oldi-sotdilardan kelib chiqadigan foizlar ). Boshlang‘ich kapital: 2000 dollar boshlamasiga va mabodo xatolik ro‘y beradigan bo‘lsa, yoki lot sotuviga uzoq vaqt ketadigan bo‘lsa moliyaviy yostiq sifatida tahminan 3000 dollar. Xavf-xatar: oldi-sotdida adashish. Yollangan xodimlar bilan ishlaganda – xavf-xatar bor, chunki, aynan shu xodimlar qanotingiz ostida ish o‘rganib keyinchalik sizga raqobatchi bo‘lib qolishlari yoki o‘zlarini foydlariga qing‘irlik qilishni boshlashlari mumkin. Jami – 5000 dollar – boshlang‘ich sarf-harajat ( balki undan kamdir, ammo, ishlab topilgan pul ham kamroq bo‘lishi mumkin). Va 33 foizlik o‘z-o‘zini qoplash. Boshlanishida ishlab topilgan pul sarflangan vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan jarayon ishchilar yollash hisobiga avtomatlashtirib boriladi.   Bugunga etar! 👍 bosing va ertaga yana bir g‘oyani ko‘rib chiqamiz.
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗