К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

💡Sizchi innovatormisiz? 

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

💡Sizchi innovatormisiz?   Agar IPodni oddiy pleyerdan afzal ko’rsangiz, demak Stiv Jobs yaxshigina mehnat qilgan! “Innovator DNKsi” asarining mualliflari Kleyton Kristensen, Xol Gregersen va Jeff Dayer dunyoning eng ilg’or biznesmenlarini nima bog’lab turishini aniqlashdi:  1. Assotsiativ tafakkur  Biz ko’pncha dunyoda hamma narsa bir-biriga bog’liqligini aytamiz. Lekin bu bog’liqlikni yugur-yugurda ko’ramizmi?! Innovatorlar ko’rishadi.  2. Savollar Muammoni aniqlash uchun javob ravshanlashmaguncha qayta-qayta savol (doim ham qulay bo’lmaydigan va juda ko’p) berishga to’g’ri keladi. 1930-yillarda muhandis Sakiti Toyota tomonidan ishlab chiqilgan maxsus “5 ta nega” deb ataluvchi texnika mavjud. Kim uchundir buni qilmaslik oson, lekin ertangi kuni haqida qayg’uradiganlar uchun bu juda muhim.    3. Kuzatuvchanlik va tafsilotlarni anglay olish  Sal kam hamma narsa o'ylab topilgan va yaratilgan raqobatchilik dunyosida ehtimol nyuanslar hal qiluvchi o’rin egallaydi.  4. Netvorking Yangilik yaratuvchilar ish bo’yicha hamkorlar yoki shartnomalarni qidirmaydi, ular yakdil fikrlovchilar va kelajagi bor bo’lgan loyihalarni topishadi.  5. Yangi va hali o’rganilmaganlar qarshisida qo’rqmaslik  Dunyoda har kuni biznes-jarayonlarni bir necha bor osonlashtira oladigan tizimlar paydo bo’ladi. Boshqalar o’ylaguncha novatorlar tajriba o’tkazadi, sinovdan o’tkazadi va yangi g’oyalarni amalga oshiradilar. Jarayon shunday paydo bo’ladi. #rivojlanish
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗