Frilanserlar boshqaruvchisi toʻgʻrisida batafsil.
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Frilanserlar boshqaruvchisi – bu bir vaqtning oʻzida ham kasb, ham biznes. Siz bir nechta yaxshi frilanserlarni oʻz qanotingiz ostiga olasiz va ulardan daromadning bir qismini tortib olasiz, evaziga doimiy buyurtmalar taklif qilasiz. Ayniqsa bu har doim istalgan narhdagi buyurtmalarni izlab yuruvchi kopirayterlarda yaxshi ishlaydi. Ayniqsa yangi ish boshlovchilar uchun.
Mohiyati: Inson ijrochini izlagan paytda aksar hollarda u agentlikdan koʻra xususiy shaxsga murojaat qilishni maʼqul koʻradi. Chunki, unda sifat kafolati degan umid paydo boʻladi. Shu bois ham keragidan ortiq haq toʻlaydi.
Masalan, frilansda va agentlikda oʻsha oʻsha ish narhi boʻyicha 10 karra rivojlanishi mumkin. Vositachi – frilanserlarning butun boshli komandasi ishini tashkil qiladi, buning evaziga daromadga ega boʻladi.
Daromadlilik: 30 foiz + aylanma mablagʻlardan.
Xavf-xatar: Agar frilanser vositachi aslida qancha foiz olayotganidan xabar topsa – uni tark etishi mumkin. Bundan tashqari, frilanserlar doimiy oʻsish plankasiga egalar, undan keyin ular yanada qiyinroq loyihalar va kattaroq ish haqini talab qila boshlashadi – tabiiyki, kadrlar ketib qolishi bilan bogʻliq hunuk jarayonlar boshlanadi. Agar buyurtmachilar bilan siz oldindan toʻlovsiz ishlayotgan boʻlsangiz – hech narsasiz qolishingiz va frilanserlarning ishi uchun qarzga botib yetishingiz mumkin.
Biznesga kirishda: Toʻgʻri tashkil qilganda, start uchun uncha katta boʻlmagan mablagʻ – 200-300 dollar kerak boʻladi. Keyinchalik barcha operatsiyalar oborot, yaʼni aylanma orqali qoplanadi.
Bu biznes oʻsish istiqboliga ega boʻlgan barcha bizneslar orasida boshlamasiga eng kam mablagʻ talab qilinadigan biznes sanaladi.
Turli birjalarda ishlash mumkin ( birlarida buyurtma olish, boshqalarida taklif etish ), oʻz shaxsiy saytingizni tashkil qilishingiz mumkin va ishlarigiz qiymatini oshirishingiz mumkin. Doimiy buyurtmachilaringiz bilan ishlay olasiz – ishlaringizni tirajga chiqarasiz va katta hajmli ishlar hisobidan katta daromadga ega boʻlasiz.
Mualliflar bilan ishlashda qoʻshimcha ravishda redaktorlar yollanadi, ular daromad hisobidan ishlarning sifati va uzluksizligini taʼminlab turish bilan shugʻullanishadi.
Keyinchalik menejerlarni tashkil qilish bilan, barcha ishlar toʻlaligicha yaratilgan kompaniya ishiga sizning aralashuvingizsiz, avtomatlashtirilgan rejimga oʻtishi mumkin.
O'zingizni bebaho 👍 qoldiring va biz sizga yana bir mavzu xaqida gapirib beramiz
#keys
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗