Orzu qilishni bas qil! Qimirla, harakat qil!
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Mana ikki haftadirki, biz siz bilan muloqot qilayapmiz! Va 2 hafta ichida sizda notoʻgʻri fikr qolgan boʻlishi ham mumkin.
Hammasi bir qarashda oddiydek. Biznes-reja tuzishning oʻzi yetarlidek, biz taklif etgan gʻoyalardan biri bilan qurollaning va ishni boshlang.
Boʻldi. Pul hamyonda.
Toʻgʻri, hammasi oddiydek tuyulishi mumkin. Va ehtimol internetda haqiqatdan ham odamlar shunday ish qilishar, zero, kuchli raqobat boʻlgan taqdirda ham mijoz har doim topiladi.
Lekin, hammasi biz oʻylagandek osonmi?
Yoʻq! Yoʻq! Va yana bir marta yoʻq! Chunki muvaffaqiyatli biznes boshlash uchun bizga nima kerak:
1. Pul!
2. Pirovard natija toʻgʻrisida aniq bir tasavvurga ega boʻlish!
3. Ishbilarmonlik qobiliyati!
Darvoqe oxirgi punktsiz hech narsa qilolmaymiz. Ikkinchisi toʻgʻrisida esa biz juda koʻp gapiramiz.
Hoʻsh, agar pul boʻlmasa, uni qayerdan olamiz?
Albatta, investor-banklardan – bu juda oddiy. Lekin masalaga real yondoshaylik. Hamma narsaning oʻz bahosi bor – va oxirida daromadni birovlar bilan boʻlishish hech kimga yoqmaydi.
Ammo, start uchun oʻsha mingni qayerdan toʻplash mumkin, nima qilish kerak?
Yana, biz koʻp fikr yuritishimiz mumkin, “oylik ish haqingdan 10 foizlik qismini olib qoʻy, yana bir qoʻshimcha ishga joylashib ol” lekin bu biznescha qarash emas.
Haqiqiy biznesda qarashlar qanday aslida?
Toʻgʻri! Bor imkoniyat bilan harakat qilish!
Buni qay tarzda amalga oshirish mumkin? Keling 90-yillar davriga nazar tashlaymiz, oʻsha davrlarda hali hech kim tanimagan biznes nahanglari qanday harakat qilganliklarini eslaymiz.
Yoʻq, oʻgʻrilik qilish kerak emas ;) Shunchaki, kichikroq korxonadan ish boshlash kerak. Birdaniga katta korxonaga harakat boshlamang. Kichikroq maqsadlardan ish boshlang.
Masalan – frilanserlar tashkilotida oʻz kuchingizni sinab koʻrishdan ish boshlang. 100 dollarlik sarmoya kiritib, rivojlaning va daromadning hammasini qoʻlingizda qoldiring.
1000 dollargacha rivojlandingizmi?
Qancha muddat ketdi?
Ha, ehtimol bu sizning ish haqingizdan kamroq boʻlishi mumkin, ammo bu biznesdan olingan pul va unga siz unchalik koʻp vaqt sarflamadingiz.
Ming dollar bilan esa siz biror bir buyumni sotish/olishni boshlashingiz mumkin boʻladi.
Yana, internetda bu osonroq kechadi, lekin, bunday pul mablagʻi bilan biznesingizni oʻz shahringizda ochishingiz mumkin boʻladi.
Asosiysi avvalgi biznesingizni yopib qoʻymang. Ehtimol menejer yollarsiz, kamroq marjaga ega boʻlarsiz, lekin qandaydir miqdordgi sugʻurta badaliga ega boʻlishingiz va faoliyatni avtomatlashtirishingiz mumkin.
Siz biznesmensiz! Sizning keysingiz bor! Ikkinchi loyihani ham ishga tushirdingizmi? 10 ming dollar ishladigizmi?
Bu mablagʻni uchinchi gʻoyaga sarflang.
Choʻntakda bir soʻmsiz qanday qilib rivojlanish mumkin? Hech qanday! Faqat ishlab topish, yoki jamgʻarish yoʻli bilan.
Bugunga etar! 👍 bosing va yana bir mavzuni ko‘rib chiqamiz.
#Oʻyla_!
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗