К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

📌Oʼz biznesini ochish ( 12-qism).

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

📌Oʼz biznesini ochish ( 12-qism).   (👉КИРИЛЧАДА)  🏢1. Inshoot tanlash Korxona tashkil etish toʼgʼrisida qaror qabul qilgandan keyin biznes uchun inshoot tanlash masalasini hal etish kerak.  Gap shundaki, toʼgʼri keladigan variantni topish juda qiyin. Аgar siz hujjatlaringiz registratsiyadan chiqishi va hisob raqami ochilishi bilan bir vaqtda binoni ijaraga olsangiz, bu vaqt sizning faoliyatingiz boshlanishiga toʼgʼri kelsa juda yaxshi boʼlardi.  Lekin ishning bunchalik yurishishiga ishonib yashash kerak emas. Ijaraning “quruq” ketishi bilan bogʼliq vaziyat har holda boʼadi. Ehtimol, faoliyatning boshlangʼich bosqichida ofis inshooti sizga kerak ham boʼlmas.  Men oʼzim ancha vaqt uy telefonidan foydalanib ishlaganman. Bu mablagʼingiz tejalishiga ham xizmat qiladi.  Bunday variantni koʼrib chiqing.  Ijara uchun joy tanlashda aynan qanday bino kerakligini aniqlashtirib oling.  Qaysi tumanlarda joylashgan binolar sizga umuman toʼgʼri kelmasligini biling. Shundan soʼng u tumanlarni umuman muhokama ham qilmang, qayta koʼrib chiqishga koʼnmang ham.   Ijaraga qancha pul toʼlashga tayyor ekanligingizni hal qiling. ( Bu oʼlcham sizning iznes-rejangizdan oʼrin olgan boʼlishi keak.)  Shundan soʼng qidiruvga kirishing. Tanlov kriteriylari doirasidan chiqmay turing. Uchta tarkibiy qism bir biriga mos kelishi kerak ( qaysi, qaerda, qancha ).  Mijozlar bormaydigan binolar yoki korxonaningiz imidjiga toʼgʼri kelmaydigan inshootlar sizga toʼgʼri kelmaydi. Texnologik imkoniyatlar boʼyicha toʼgʼri kelmaydigan inshoot sizni qoniqtirmaydi.  Va albatta, siz oʼzingizda bor puldan koʼproq pul toʼlay olmaysiz. Oxirgisini ayniqsa tez-tez esga olib turish kerak.   Sizga juda mos keladigan bino toʼgʼri kelib qolishi mumkin. Lekin u qimmatroq boʼlishi, buning ustiga 15 dollar emas, balki 150 dollar ortiqcha toʼlashga majbur boʼlishingiz mumkin. Va siz bunga koʼnasiz ham.  Аmmo, bunga pul ajratmagan edingiz. Sizning sarf-harajatlaringiz shusiz ham rejalashtirganingizdan koʼra koʼproq boʼladi. Keragidan ortiq pul sarflamang. Vaqti kelsa – sarf qilasiz.   Аgar siz tomoningizdan rejalashtirilgan mablagʼga inshoot olishning ilojisi boʼlmasa, moliyaviy rejangizni qayta koʼrib chiqing. Inshootni faqatgina sizga toʼgʼri kelishiga ishonch hosil qilsangizgina olishingiz kerak. Inshoot nimasi bilandir toʼgʼri kelishi, mashina olib kirish mumkinligi, mijozlar kerak boʼlsa bir amallab topib olishi mumkinligiga umid qilishingiz notoʼgʼri. Toʼgʼri kelmaydimi, demak kerak emas. Boshqacha boʼlishi mumkin ham emas.   Boshlanishiga, toʼgʼri kelmaydigan ishda rivojlanish ham boʼlmaydi. Аgar koʼtarilishga erishsangiz ham koʼchayotgan paytingiz telefonlaringizni ham koʼchirib oʼting. Chunki, hamma mijozlarga qoʼngʼiroq qilib xabar berishning ilojisi yoʼq. Barcha manbalarga axborot kiritish va avvalgi xatoliklarnga yoʼl qoʼyilishining oldini olish uchun vaqt kerak. #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗