К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

📌Oʼz biznesingizni ochish ( 16-qism )

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

📌Oʼz biznesingizni ochish ( 16-qism ) (👉КИРИЛЧАДА )   Xodim tanlash boʼyicha yana bir nechta tavsiyalar (davomi) 7. Ishda Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini qoʼllang. U sizga mehnat daftarchasini toʼldirish va mojaroli masalalarni hal qilishda yordam beradi. Barcha mojarolar ham sizning foydangizga hal boʼlavermaydi. Lekin, vaqtingiz va asablaringizni tejab qolasiz.  8. Faqat sizga toʼgʼri keladigan xodimlarni ishga oling. Oʼzingizni koʼndirishga urinmang. Yomonlari ham boʼladi. Lekin ular sizga kerakmas. Аgar yaxshiroq xodim olish uchun vaqtingiz boʼlmasa – boricha odam oling, lekin imkoningiz boʼlishi bilan uni almashtiring. Bu yodingizdan chiqmasin. 9. Xodimlaringizga avvalboshidan mutaxassisga qaragandek qarashni oʼrganing. Ularda oʼz biznes-mashinangizning vint va shesterinkalarini koʼrgandek boʼling. Keyin odamlarga qaragandek qarasangiz boʼladi.  Eng yaxshisi, ular ishdan keyin siz bilan iliq munosabatda boʼlib qolishsin. Yaxshi odam – bu mutaxassislik emas. Xodim eng avvalo mutaxassis, keyin yaxshi inson boʼlishi kerak.  10. Ishchilar sizda oylikka ishlashadi. Pul evaziga. Bu haqda ( pul haqida ) esdan chiqarmang. Hech qanday yaxshi munosabat agar uning oyligi juda kichik boʼlsa xodimni ish joyida saqlab qololmaydi. Qanchadir muddat ichida jamoa haqida oila toʼgʼrisida gapirgandek gapirish mumkin, tugʼilgan kunlar va boshqalarni tashkil qilish mumkin. Lekin maʼlum bir vaqtgacha. Yodingizda boʼlsin: ishning bu tariqa ketishida, birinchi odam ishdan ketadigan boʼlsa, ketidan qolganlar ham ergashishadi.  11. Tashkilot kichik boʼlib turgan paytda erinmang, xodim tanlash bilan oʼzingiz shugʼullaning. Oʼn kishilik jamoa katta emas, shu bois har bir xodim tanlovi bilan oʼzingiz shugʼullaning. 12. Qoʼl ostingizdagilarning tavsiyasiga koʼra ishga odam olish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondoshing. Bunday xodimni ishga olishdan oldin, uni nima uchun ishga olish kerakligini tahlil qilib koʼring. Аgar munosabatlar juda yaqin boʼlsa, ehtimol, ishga olish kerak emasdir. Davomi bor .... #yangi_ish_boshlaganlar_uchun
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗