📌Oʼz biznesingizni ochish (18-qism)
(👉КИРИЛЧАДА)
1. Buxgalterlik va moliyaviy hisob-kitob.
Bu postimizning hajmi korxona uchun bu muammoning qanchalik ulkan va muhim ekanligini anglatmaydi. Аmmo bu post buxgalterlik hisobi boʼyicha darslik ham emas. Bu boʼlimda biz bir vaqtning oʼzida ham moliyaviy ham buxgalterlik hisobini koʼrib chiqamiz. Boʼlim mazkur hisoblarning qanchalik muhimligiga bagʼishlanadi. Ularning tashkilot uchun qanchalik kerakligi va uni yuritishning nozik jihatlari haqida hikoya qilamiz.
Yozganlarimizning asosiy qismi buxgalterlik hisobiga bagʼishlanadi. Umuman olganda buxgalterlik va moliyaviy hisob bir - biri bilan bogʼliq emas.
Lekin ikkalasi ham korxonaning moliyaviy tomonlarini aks ettiradi. Oʼsha-oʼsha terminlar bilan ifodalanadi, faoliyat yakuniga koʼra saldo (kirim va chiqim balansi) ni koʼrsatadi. Shu bois, har ikki hisob ham birgalikda koʼrib chiqiladi, umumiy va bir-biridan farqli jihatlarga eʼtibor qaratiladi.
Ish jarayonida siz hisob-kitobning ikki turi – moliyaviy va buxgalterlik hisobi bilan toʼqnashasiz. Yana bir hisob – boshqaruv hisobidir. Uni alohida postlarda koʼrib chiqamiz.
Oʼz amaliy faoliyatingiz boshida siz biznes-rejalashtirish bilan shugʼullanasiz. Va bu moliyaviy hisob-kitobning boshlanishi boʼladi. Keyin, ish jarayonida siz buxgalterlik balanslarini topshirishingizga toʼgʼri keladi, QQS toʼgʼrisida deklaratsiya toʼldirish, oylik maoishi hisobini qilish va hokazo.
Buxgalterlik hisobi – bu mablagʼ va harajatlarni buxgalterlik hisobining virtual hisoblari boʼyicha davlatning rasmiy talablaridan kelib chiqqan holda taqsimlanishidir.
Moliyaviy hisob-kitob – bu tashkilotda pulning real harakati va holatidir.
Farqi juda katta. Buxgalterlik va moliyaviy hisobda oʼsha-oʼsha formulirovkalar turli maʼnoga ega boʼladi. Hattoki, oʼsha-oʼsha terminlarni turli maʼnolarda qoʼllanilishi munosabati bilan buxgalteriya bilan muomalaga kirishishdagi tushunmovchiliklar ehtimoli ham mavjud.
Buxgalterlik hisobi davlat uchun, moliyaviy hisob esa – siz uchun kerak. Аynan moliyaviy hisob—kitob sizga qancha pulingiz borligi, oʼz biznesingizdan qancha pul chiqara olishingizni koʼrsatadi.
Davomi bor...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗