Oʼz biznesingizni ochish (22-qism).
(КИРИЛЧАДА)
BOSHQАRUV HISOBI.
Boshqaruv hisobiga bepisand boʼlmang, uni tashlab qoʼymang. U hisob-kitobning uch turi (moliyaviy, buxgalterlik va boshqaruv) orasida eng murakkabi sanaladi.
Moliyaviy va buxgalterlik hisobi birinchidan faqt raqamlar bilan olib boriladi. Ikkinchidan ular oʼtgan davr, tayyor maʼlumotlar bilan ishlaydi.
Boshqaruv hisobi oldinga yoʼnaltirilgan boʼladi – bu esa rejalashtirishdir. Mavjud raqamlarni toʼgʼri tushunish, hulosalar chiqarish, toʼgʼri qaror qabul qilish va yangi vazifalarni belgilab olish kerak. Men bejizga raqamlarni toʼgʼri tushunish toʼgʼrisida yozayotganim yoʼq. Bu gap sarf-harajatlarga ham tegishli.
Sarf-harajatlarning qaysi turini doimiyga, qaysinisini vaqtinchalikka kiritish mumkin. Siz raqamlar kelib chiqishi mantigʼini bilishingiz kerak. Bu esa mushkul. Nafaqat toʼgʼri, balki odatdagi qarorlar, yuqori va past maqsadlar boʼladi. Bunda faqat bir narsani maslahat bera olamiz – oʼqing. Boshqa retseptlar yoʼq.
Аsosiysi bu ishni bajarishingiz. Аks holda tashkilot oʼz holicha rivojlanadi. Balki achitqi solingandek tezlikda oʼsar. Baribir rejalashtirishni oʼrganishingiz, vazifani oʼrganishingiz, maʼlumotlarni tahlil qilishingiz va tendentsiyalarni payqay olishingiz kerak. Yana yaxshi odat paydo boʼladi.
Ish holati yomonlashganda yordam beradi. Vaqti kelib vaziyat yomonlashishini esa men sizga kafolatlayman.
Hayotiy tajriba ham yaxshi narsalar bir kun kelib tugab qolishini koʼrsatib turibdi. Xuddi shu narsa tinmay oʼsishga ham tegishli. Bir kun kelib oʼsish ham toʼxtaydi.
Raqobatli kurash aynan shu paytda boshlanadi. Mana shu yerda sizga yaxshi odat ham kerak boʼladi. Shuning uchun boshqaring va hisobga oling.
Davomi bor...
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗