К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

📚Busido prinsipi asosida ish qidirish.

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

📚Busido prinsipi asosida ish qidirish.  Samuraylarning sharaf kodeksi busidoni “o’lim yo’li” yoki “xuddi umring nihoyasiga yetgandek yasha” deb ta’riflaydi. Ish izlash yo’li - bu ishdan bo’shash yo’li: sen ishdan bo’shash uchun ishlaysan.  Agar kompaniya ham, xodim ham muammoga uchrashni xohlamasa, u holda ikkalasi ham kodeksga amal qilishi kerak. Xodim. 1. Ikki yildan keyin ketishga tayyorlanib ish izla.  2. Ish uchun emas, o’zing uchun ishla – 2 yilda iloji boricha ko’proq narsani o’rganishga ulgurish lozim. 3. Qo’lingdan keladigan ishni qilib yangi narsani o’rgana olmaysan. 4. Yangi ish bu shunchaki undan keyingi ishga qo’yilgan qadamdir. 5. Seni yon tomonlarga yuboradigan emas, balki yuqoriga bir qadam ko’tarishi mumkin bo’lgan ishni tanla. Kompaniya. 1. Sendan ikki yildan keyin ketadigan odamlarni ishga ol. 2. Ishdan bo’shash vaqti kelganda ular yanada ko’proq biladigan va qila oladigan bo’lishlariga yordam ber. 3. Insonga quyidagilardagilardan birini mustaqil hal qilishga imkon berish yo’li bilan o’rgatish mumkin: -Yaxshi ishlamaydigan narsani to’g’rilash -Yetishmayotgan narsani yaratish -Ishlayotgan narsani rivojlantirish -Yangi narsa yaratishga harakat qilish.  4. O’z foydasi uchun ishlayotganlar, seni foydang uchun ishlagandan ko’ra samaraliroqdirlar.  5. Shunday qilginki, ishdan ketayotgan odam sendan minnatdor bo’lsin, shunda ular keyingi ishida ham senga yordam berishadi. #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗