Oʼz biznesingizni ochish (23-qism).
(КИРИЛЧАДА)
DАSTURIY TА'MINOTNI TАNLАSH.
Bir vaqtning oʼzida u bilan barcha bloklar ishlaydi. Maʼlumotlar almashinuvi real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Istalgan ish joyidagi maʼlumotlardagi oʼzgarishlar shu zahotiyoq qolgan xodimlarda ham aks etadiva keyingi ishlarga tayyor boʼladi. Аyni paytda axborotga reglament oʼrnatish mumkin.
Ixtisoslashtirilgan dasturlarda ham bir blok mustaqil ishlaydi va maʼlumotlarni boshqa blokka uzatish imkoniyatiga ega. Uzatilishidan oldin bu axborot maʼlum bir boʼlimgagina koʼrinadi, yaʼni maʼlumot uzatishda qandaydir uzilish paydo boʼladi. Baʼzida bu unchalik muhim emas, baʼzida ishni qiyinlashtiradi.
Bunday dasturlarda oʼzgalarning maʼlumotiga kirish ham reglamentlangan boʼladi. Ixtisoslashtirilgan dasturlardagi bloklarni birlashtirish va korxonani boshqarish dasturlarini qoʼlga kiritish mumkin. Baʼzi spetsifik dasturlar bor, masalan, mehmonxona, kafe, restoran, qurilishni boshqarish, rasman aynan ularni ixtisoslashtirilgan deyish mumkin.
Ixtisoslashtirilgan dastur va korxonani boshqarish dasturi oʼrtasidagi farq yaratilish printsipiga singdirilgan boʼladi. Ixtisoslashtirilgan dastur maʼlumotlarni aniq bir vazifa ( boʼlim deyish ham mumkin ) uchun qayta ishlab beradi. Masalan, buxgalteriya bloki buxgalterlik hisobi maʼlumotlarini qayta ishlash va olishga yaraydi.
Buxgalterlik hisobi bloki tovarlar va materiallar harakati hisobini yuritish uchun kerak. Korxona kengaytirilgan paytda, rahbariyatda yangi vazifa va talablar yuzaga kelganida dasturchilar bloklarni oʼzaro bogʼlashadi va natijada axborotni qayta ishlashning qoʼshimcha imkoniyatlarini qoʼlga kiritishadi.
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗