💰130 dollar va baxtli poyabzal
Qancha odamlar o'z biznesini ochmoqchi? Va qancha kishi buning uchun pul yo'q deb da'vo qiladilar? Ishonchingiz komilmi?
Bir kuni bir ayol ko'chada qimmatbaho zeb-ziynat topib olibdi. Hech ikkilanmasdan, ayol uni militsiyaga olib boribdi. Lekin buyumning haqiqiy egasi topilmadi. Shunday qilib, ayol zargarlik buyumini o’zida saqladi va uni sotishga muvaffaq bo'ldi. Uning uchun 130 dollar oldi. U pulini o'g'li Richardga berdi. Davomini bilasiz – Virgin kompaniyasi paydo bo'ldi.
Siz hech boshqaning masalan, kuchli, muvaffaqiyatli biznesmenning o'rnida bo'lishni istaganmisiz? Istaklaringizdan qo'rqasiz. Yoki yo'qmi…
Bir kuni Richard Brensonning o’rnida bo'lishni xohlagan Shannon Smitning tvitiga yo’liqib, tadbirkor shunchaki o'tib keta olmadi. Va ingliz tilida, birovning o’rnida bo’lib ko’rish, aynan "uning oyoq kiyimlarini kiyish " deb tarjima qilingani bois, Branson eng mantiqiy yo'l bilan harakat qildi: Shannonga o’z poyafzalini yubordi. Chiroyli 44 o'lchamli Adidas.
Shannon kun bo'yi Brensonning poyafzalida yurib, ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo'lgan voqealarni suratga olib kirita boshladi. Qizning uysizlar uchun yetimxonada ishlayotgani aniqlandi. Natijada, Virgin Group har safar internetda #shoeathon hashtagi bilan paydo bo'ladigan lavhadan so’ng yetimxonaga xayriya qila boshlashdi. Bu hazil ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli hamkorlikka va butun flesh-mobga aylandi.
Taassurot qoldirdimi? Yoqdimi? Endi shunga o'xshash bir ishni qiling!
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗