📚 Hammadan o'rganing, lekin hech kimga taqlid qilmang.
(👉КИРИЛЧАДА)
Raqobatchilardan holi bozor faqat tushimizga kirishi mumkin. Ayniqsa, yuksak texnologiya asrida, boshqalarning qanday qilib ish tutayotganini kuzatib turish mumkin bo’lganda.
@hack_the_biz kanalidagi materiallarni ochiqchasiga ko’chirilganini ko’rib, biz nima uchun raqobatchilarni nusxalash noto'g'ri ekanligini aniqlashga qaror qildik.
Lekin avval yoqimli narsalar haqida. Agar sizdan ko’chirishsa...
1. Demak, siz bir qadam oldindasiz. Sizning g'oyalaringiz shunchalik yaxshiki, odamlar nusxa ko'chirishga o’z vaqtlari, hatto shunga o'xshash loyihani yaratishga pullarini sarflashga tayyor.
2. Bu ajoyib "sport" motivatsiyasi: balandroq, kuchliroq va tezroq bo'lish.
3. Raqobatchilarning harakati mahsulot yoki xizmatingizning qiymatini, asosiysi esa, unga bo’lgan talabni ko’rsatgan holda maqsadli auditoriyani faollashtira oladi.
4. Siz bozor, raqobat, tomoshabin va o'zingiz haqingizda bebaho bilimlarga ega bo'lasiz.
Amazon yaratuvchisi Jeff Bezos bu masalada hech ham bezovta bo’lmaslikni maslahat beradi: "Raqobatchilarga qaramang, ular hech qachon sizga pul bermaydi".
Nima uchun ko’r-ko’rona nusxa ko'chirish yaxshi fikr emas:
1. Siz ular emassiz. Raqobatchilarda ishlaydigan narsa sizda ham ishlaydi degani emas.
2. Sizning maqsadlaringiz turlicha.
3. Agar siz raqiblaringiz bilan bir xil auditoriyani nishonga olgan bo’lsangiz, demak, qayerdadir xatolik yuz berdi. Nyuanslar har doim mavjud.
4. Balki raqobatchilar o'zlari nima qilayotganlarini bilishmas. Siz ularning loyihasi ortida nima bo’layotganini bilmaysiz, statistikani ko’rmagansiz - bu Internetning asosiy tuzog'i. Hammasi ham sizga ko’ringani kabi emas.
P.S. Ushbu postning nomi Maksim Gorkiy tomonidan o’ylab topilgan.😜
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗