#Oʻyla! #keys #Biz_stat!
( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ )
Biz qaltis oʻyinlar oʻynamaymiz! Startup biznesga qarshi!
Soʻnggi paytlarda startup va shunga oʻxshash narsalar haqida gapirish rusumga aylanib qoldi. Hammaning gapi shu, startup qil, oddiy biznes bilan shugʻullanma. Biznes bilan shugʻullanuvchilar “korchalon” va boshqa haqoratli soʻzlar bilan ham atalgan.
Har kuni bir kikstarter va muvaffaqiyatli biznes haqida eshitib qolamiz. Lekin aslida hammasi ayanchli va gʻamgin. Biz avvalroq startup bilan biznesning farqi toʻgʻrisida gaplashgan edik.
Kimning yodidan chiqqan boʻlsa, qayta oʻqib chiqsin!
Ana endi jon saqlab qolganning yoʻl qoʻygan xatosi haqida eslab koʻramiz. Biz qisqa muddatlarda oʻz egalariga milliardlab dollar foyda keltirgan muvaffaqiyatli startuplar haqida yaxshi bilamiz. Lekin, qolganlarichi? Toʻgʻri, qolganlari hammasi parokanda boʻlgan.
Sotuvlar bozorini yaratish – qaltis bir oʻyindek gap. Va gʻoya qanchalik dohiyona ekanligidan qatʼi nazar, hech qachon nima ish berishiyu, nima ish bermasligini bilavermaymiz.
Biznes bilan esa biroz osonroq. Oʻz ishingizni boshlar ekansiz, qaysi sohada boʻlishidan qatʼi nazar siz sotuvlar bozorini tahminan bilasiz. Sizning raqobatchilaringiz ham boʻlib, ularga qarab ishingizni rejalab olasiz. Baho berasiz. Noyob savdo taklifini oʻylab topishingiz ham mumkin.
Hisob-kitob qilib koʻring. Biznes sof fikr, doimiy hisob-kitob, pul sarfini talab qiladi. Ayni pytda 10 kun ichida million dollar ishlab topishingiz mumkinligi toʻgʻrisida vaʼdalar bermaydi. Ammo, siz evaziga “buni qil va shuncha olasan” tariqasidagi ishonchli va sinovdan oʻtgan mexanikaga ega boʻlasiz.
Masalaning nozik jihatlari bor ekan, har doim xavf-xatar va hisobdagi kamchiliklar ham boʻlishi mumkinligini eʼtiborga olib qoʻyish kerak. Lekin, bu kishi bilmagan holda roʻy beradigan jarayon. Parapetga otilmaysiz! Va har gal qancha foizlik tavakkal qilayotganingizni sezib turasiz.
Xoʻsh, bu fikrlar startup yomon deganimizni anglatadimi? Yoʻq! U qaltis oʻyinlar professional treydingga qarshi qanchalik yaxshi boʻlsa, shunchalik yaxshi. Bilmagan odam uchun bularning har ikkisi ham bir xil narsadek. Chunki ular startup va biznesning bir-biridan farqini bilishmaydi.
Professionallar uchun treyding ayni paytda tavakkalga asoslangan, yo toʻgʻri hisob-kitob olib borish yoki pul sarflash natijasida keladigan daromad kafolatini beruvchi sovuq raqamlarga aylanadi.
Qaltis oʻyinlarga berilmang! Orzularga berilmang! Biznesda rivojlaning! Yoʻqotishdan qoʻrqmaydigan ortiqcha pul mablagʻlaringiz boʻlsagina – “startup” deb nomlanuvchi qaltis oʻyinga bosh suqib koʻrishingiz mumkin.
👍 bosing va yana bir mavzuni ko‘rib chiqamiz.
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗