К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

​​🙋🏻‍♂️ Hammaga salom!

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

​​🙋🏻‍♂️ Hammaga salom! (👉КИРИЛЧАДА ) Mening ismim Solijon. Men ushbu kanalning asoschisiman. Bu yerda men tadbirkorlarning foydali biznes maslahatlari va tadbirkorlar uchun dolzarb bo'lgan maʼlumotlar bilan bo'lishaman. Men o'ziga xoslikka davogar emasman. Har qanday holda, barchamiz olingan maʼlumotlardan ilhom olamiz, foydalanamiz, ularni o'g‘irlaymiz, nusxa olamiz va maʼlumotlarni qayta ishlaymiz.  Lekin mening kanalimdagi kontentni oshkora takrorlashni noto'g‘ri deb hisoblayman. Yoki o'z so'zlaringizdan foydalaning yoki bizning kanal ssilkasini qo'yishni unutmang. Biznesda ommaviy axborot vositalari tasvirlagandek hammasi rang-barang emas. Mening tushunchamda, tadbirkor o'z tarixining yaratuvchisi, biroq xali ham yaratuvchidir. Shu sababli, bu yerda sizni o'rganish, rivojlanish, olg‘a qadam qo'yish va taslim bo'lmaslikka ilhomlantiruvchi motivatsion postlarni topasiz, degan umiddaman. Bundan tashqari bu yerda men o'z mahsulotim - MoneyManager moliyaviy dasturini taqdim etaman. Men doimo maʼlum bir biznes bilan shug‘ullanib kelganman va shug‘ullanaman. Men o'zimni yollanma ishchi deb tasavvur qila olmayman. Ammo, tan olaman, ofisda soatlab o'tirishga xam, tayyor emasman.  Biznesdagi muvaffaqiyat- bu o'z vaqtida qabul qilingan qaror va minimal harakat bilan maksimal foyda olish deb hisoblayman. Pareto prinsipi ishlaydi! Menga va biznes sheriklarimga hayotni osonlashtirishga yordam beruvchi hisobot shaklini yaratish fikri shu tarzda keldi. Keyin dastur va yangi loyiha g‘oyasi keldi. Men bilan birgaligingiz uchun tashakkur! Agar savolingiz bo'lsa, iltimos, so'rang va men postlarning birida javob beraman.
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗