💰Google ning foydali servislari roʻyhati.
(👉КИРИЛЧАДА)
Google kompaniyasiga 1998 yildaSergey Brin va Lari Peyj tomonidan asos solingan.2014 yilda YouTube bosh direktori lavozimida ish boshlagan Syuzan Voyjitskining garaji oʻsha vaqtlarda ularning ofisi sifatida xizmat qilgan. Shtatda 3 kishi ishlagan. Jahonga mashhur boʻlgan logotip esa kreativ bir tafakkur hosilasi emas, balki oʻsha vaqtlarda shunchaki ish jarayonida oʻylab topilgan edi, chunki serhasham dizayn uchun ishbilarmonlarning mablagʻi yetmagan.
Bugun Google – muvaffaqiyatli taraqqiy etayotgan biznes, uning yoʻnalishlaridan biri biznes uchun samarali vositalar ishlanmasi sanaladi.Ularning bari bepul boʻlib, dunyoning istalgan nuqtasidan turib foydalanish va ishlarni tartibga solish mumkin.
Google My Business – uning yordamida oʻzingiz haqingizda butun dunyoga maʼlumot berishingiz va oʻz biznesingizni reklama qilishingiz mumkin.
Think With Google – marketologlar uchun statistik maʼlumotlar, foydali tahlil va hisobotlar banki.
Google Ogohlantirish – foydalanish uchun qulay va sodda vosita boʻlib, sizning tarmoqdagi nufuzingizni kuzatib borishga yordam beradi. Internetda kompaniyangiz haqida biror bir eslatma paydo boʻlishi bilan servis sizga bu haqda maʼlum qiladi.
Google Trendlar – trendlar haqida faqat ishyoqmaslar suhbat qurmasligi mumkin. Agar siz ishonchli manbalardan xabar olib turishni istasangiz, u holda bu aynan siz uchun.
Google Shakllar – anketa, elektron blankalar va surovnomalar uchun servis.Grafika, diagramma va rasmhamda video qoʻshish imkoniyatlari ilova qilinadi.
Google Blogger – blog yuritish uchun maydon, afsuski yangi ijtimoiy tarmoqlar paydo boʻlishi bilan ancha unutila boshladi. Garchi aynan Blogger qidiruv tizimida kalit soʻzlar bilan yaxshi indekslanadi.
Google Keep- roʻyhat va eslatmalarni tuzish uchun ilova. Foydalanish uchun qulay. Chrome OS, Android va IOS bilan yaxshi “chiqishadi”.
PageSpeed Insights-saytingiz yuklangunga qadar foydalanuvchilaringiz uxlab qolmadimi? Bu servis buni nazorat qilib boradi va xatoliklar yuzaga kelsa xabardor qiladi.
GoogleURLShortener – ikkitaraflama agent -uzundan uzoq ssilkani kichkina ssilkaga aylantiradi, ayni paytda maʼlumotnomaga qancha foydalanuvchi murojaat qilganing hisobini olib boradi;
Agar shaxsiy moliyaviy yordamchingiz boʻlishini istasangiz, bizning MoneyManager.dasturimizdan foydalaning. Dasturning demo-versiyasini yuklab olgach, qanchalik qulay va sodda ekaniga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Batafsil: http://komplexsoft.uz/
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗