📎Shaxsiy samaradorlikni qanday oshirish mumkin?
(👉КИРИЛЧАДА)
Insoniyatning asosiy resursi uning vaqtidir va u hamisha cheklangan boʻladi.Shu bois oʻz biznesini yaratish, rivojlantirish va mehnatlari mevasidan bahra olish uchun vaqt hamisha juda kam boʻladi.
Boz ustida ijtimoiy tarmoqlardan chiqmay, har bir e-mailni oʻrganib oʻtirish mutlaqo befoyda. Ayni paytda sizning biznesingiz toʻla toʻkis gullab yashnashi, ammo siz istaganchalik quvonch keltirmasligi mumkin.
Shuning uchun ...
1. Kamroq ishlash, yaʼni samaraliroq ishlash. Toʻgʻri yoʻldan ketayotganligingizning asosiy belgisi – charchoq sezilmasligi. Uyqu va ovqat kabi tabiiy ehtiyojlaringizni qondirishdan toʻxtamang. Aynan shular sizga quvvat beradi. Vaqt ajrating va yuguring.
2. “Yoʻq” –deyishni urganing. Yosh bolalar va erkaoʻsgan kattalar rad hamda taʼqiqlarni hush koʻrishmaydi. Aslida, “yoʻq” degani hech kimning vaqti behuda sarf boʻlmasligini anglatadi.
3. Yordamga hamma muhtoj. Togʻlarni talqon qilishda oʻz kuchiga ishonish – ancha gumonli va foydasiz fikr. Biznes – aloqa va muloqotlarga qurilgan malakali tizimdir. Oʻz jamoangiz bilan bir toʻxtamga kelolmasangiz, qanday qilib biror bir omadga erisha olasiz? Unday boʻlsa, mijozlaringiz bilan qanday qilib kelishmoqchisiz?
4. “Eng Zoʻri” “yaxshisining” dushmani. Benuqson bajarilishi kerak boʻlgani – aynan shunday boʻlsin. Qolgani - odatdagi ish jarayoni.
5. Foydali robotlardan foydalaning. Agar bir kun kelib robotlar Yerni ishgʻol qiladigan boʻlishsa, bu holat roʻy berguncha ulardan oʻz biznesingiz uchun foydalaning
-muntazam ish jarayonlarini avtomatlashtiring.
6. Guruchni kurmagidan ajratishga o‘rganing. Mahsulotingizni xarid qilishdan faqat sizning mijozingiz bahramand bo‘lishi mumkin. Siz rahbar sifatida faqat dalillar va raqamlar bilan qolasiz. Lekin, qancha vaqt tejab qolishingiz mumkin: mingta so‘z o‘rniga – raqamlar. Faqat raqamlar ko‘p bo‘lsa...
7. Yolg‘iz qolish uchun vaqt ajrating. O‘ylab fikr qilish uchun vaqt ajratish – vaqtni behuda sarflash emas, balki shaxsiy samaradorlikning eng asosiy sirlaridan biri. Ayni paytda, eng dohiyona fikrlar uyatchang bo‘ladi va sershovqin ofisingizda bunday fikrlar hayolingizga kelishi amri mahol.
#rivojlanish
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗