К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

📚 “Agar sening istaging amalga oshmagan boʻlsa, bilgingki, haqini toʻlamagansan”

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

📚 “Agar sening istaging amalga oshmagan boʻlsa, bilgingki, haqini toʻlamagansan” (👉КИРИЛЧАДА) Koinotdan tashqarida bir doʻkon joylashgan.Uning peshtoqida allaqachon hech qanday yozuv yoʻq. Uni qachonlardir kosmik toʻfon uchirib ketgan, doʻkonning yangi egasi esa yozuvni oʻrniga qoʻyish niyatida emas, chunki, mahalliy aholining har bir vakili bu doʻkondaistaklar sotilishini shusiz ham yaxshi biladi.Doʻkon mahsulotlari turi juda keng: bu yerda istalgan narsani xarid qilish mumkin. Ulkan yaxtalar, kvartiralar, turmushga chiqish, korporatsiya vitse-prezidenti lavozimi, pul, bolalar, sevimli ish, tanlovda gʻoliblik, katta mashinalar, futbol klublari, hokimiyat, muvaffaqiyat, brilliant toshli uzuklar va boshqa juda koʻp narsa. Bu yerda faqat hayot va oʻlim sotilmaydi ( bu ish bilan boshqa koinatda joylashgan bosh ofis shugʻullanadi ). Doʻkonga kelgan har bir odam ( qarangki, doʻkonga biror marta kirmagan, aksincha oʻz joyidan jilmay tuxum bosib oʻtirishni maʼqul koʻrganlar ham bor ekan)eng avvalo oʻz istagining narhini bilishni xohlagan. Narhlar esa har xil boʻlgan. Masalan,sevimli ish barqarorlik va oldindan koʻra bilish imkoniyatlaridan voz kechish,oʻz hayotini mustaqil rejalashtirishga tayyor boʻlish, oʻz kuchiga ishonish va kerak boʻlgan joyda emas, balkiyoqqan joyda ishlashni talab qilardi. Hokimiyat biroz qimmatroq narhda edi: baʼzi shaxsiy eʼtiqodlaridan voz kechish, hamma narsaga ratsional izoh berishni oʻrganish, boshqalarga “yoʻq” deyishni bilish, oʻz qadrini bilish ( u ancha yuqori boʻlishi kerak), “men” deyishga odatlanish, oʻzgalar fikri, maʼqullash yoki maʼqullamasligiga qaramasdan oʻzini koʻrsata bilish kerak edi. Baʼzi narhlar gʻalati koʻrinardi: masalan butunlay tekinga turmushga chiqish mumkin edi, ayni paytda baxtli hayotga erishishning narhi qimmat edi:oʻz baxti uchun shaxsiy masʼuliyati, hayotdan lazzat ola bilish, oʻz xohish-istaklarini anglay olish, oʻzgalarga moslashishga intilishdan voz kechish, ozgina aybdorlik hissi, borining qadriga yetish, shaxsiy qadr-qimmat va keraklilik hissini tuyish, “qurbonlik” bonuslaridan voz kechish, baʼzi doʻst va tanish bilishlarni yoʻqotish xavfi. Doʻkonga kirganlarning hammasi ham istak sotib olishga tayyor emas edi.Baʼzilar narh-navoni koʻriboq, orqaga oʻgirilib qaytib ketar edilar. Yana baʼzilar ancha oʻylanib turar, naqd pullarini qayta-qayta sanar, yana qayerdan mablagʻ topish mumkinligi toʻgʻrisida mulohaza yuritar edilar.Yana kimdir narhlar juda baland ekanidan nolib, doʻkon egasidan chegirma soʻrar yoki arzonlashtirilgan savdolar qachon uyushtirilishini soʻrar edilar. Choʻntagidan mablagʻ chiqarib chiroyli, shitir-shitir qogʻozga oʻralgan istagini qoʻlga kiritayotganlar ham yoʻq emas edi. Bu baxtli insonlarga boshqa xaridorlar havas va xasad bilan qarashardi, oʻzaro pichirlashib, doʻkon egasi balki uning tanishidir, istak unga hech qanday qiyinchiliksiz nasib qilgan, degan gumonlarga borar edilar. Doʻkon egasiga xaridorlar sonini oshirish uchun narh-navoni tushirish taklifini berishardi.Ammo, u har doim buning natijasida istaklar sifati aziyat chekishi mumkinligini aytib, ularga yoʻq deyishga majbur boʻlardi. P.S. Doʻkon eshigida eʼlon turardi: “Agar sening istaging amalga oshmagan boʻlsa, bilgingki, haqini toʻlamagansan” #rivojlanish
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗