К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

​​#biznes_stat, #Oʻyla!

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

​​#biznes_stat, #Oʻyla! ( КИРИЛЧАДА ТЕКСТ ) Pulni o‘ylab, aql bilan ishga solamiz! Bilingki, marketing bozori va biznesning eng yirik nahanglari, xakerlar, dasturchilar, bitkoin investorlar, treyderlar va boshqalar “o‘tirib” qolishiga asosiy sabab, ularning o‘z vaqtida soliq to‘lamasligidadir. Ya’ni, ular o‘z daromadlarini davlat bilan bo‘lishishni istamaydilar. To‘g‘ri, hech kim o‘z daromadini bo‘lishgisi kelmaydi, chunki bu sizning pulingiz – uni siz o‘z peshona teringiz bilan topgansiz! Men hozir sizga ma’naviyatdan dars bermoqchi emasman, shunchaki internetda ishlab topilgan pulni to‘g‘ri aylantirishning oddiy bir sxemasi haqida gapirib beraman. Sizga bu nima uchun kerak? Hammasi oddiy – Infobiz, kriptoqo‘yilmalar, hattoki chet el platformlaridagi to‘laqonli treyding ham jiddiy hatti-harakatlarni talab qiluvchi misli ko‘rilmagan miqyosdagi pul mablag‘iga ega bo‘lishi mumkin. Istalgan paytda do‘konni yopib qo‘yishlari mumkin. Internetda ishlab topilgan pulni esa o‘zingizga ishlatgingiz keladi, ayni paytda o‘tirib qolmasligingiz ham kerak. Ushbu sxema uchun bizga asqotadi: 1.    1 ta ishchi 2.     nolikvid joyda, nihoyatda past narhli ijradagi 1 ta shahobcha 3.    1 ta kassa apparati. Uyog‘i juda oson. Xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxona ochasiz ( masalan telefon ta’mirlash ustaxonasi), oylikka ishlaydigan odam yollaysiz, u siz aytgan ish bilan shug‘ullanadi. Keyinchi? Keyin – bor pul mablag‘ini shaxslarga xizmat ko‘rsatish evaziga ishlangan pul sifatida kassa apparatidan o‘tazasiz. Qilishimiz kerak bo‘lgan ish – korxona faoliyatidan soliq to‘lash. Siz tomoningizdan ko‘rsatilgan xizmat hajmini esa hech bir soliq idorasi nazorat qila olmaydi. Kattaroq miqdordagi pulni aylantirmoqchi bo‘lsangiz, korxonalar tarmog‘ini ochasiz. Asosiysi tovar aylanmasiga o‘ralashib qolmang. Chunki, uning nazoratini olib borish ancha oson. Zarurat tug‘ilganda – korxonani yopasiz, yoki boshqa yo‘nalishga o‘zgartirasiz. Albatta mobil telefonlarni ta’mirlash ustaxonasi yordamida shu ishni qilish shartmi? Yo‘q! Bu soha bor yo‘g‘i namuna tariqasida ko‘rsatildi, sxema qanday ishlashini ko‘rsatish uchun! Asosiysi – bu sxema turli foizlar ostida deyarli barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lgan soliq qonunchiligi tizimlarida ishlay oladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida oyiga 10 foizni berib turishingiz, Ukrainadagi mavjud engillashtirilgan soliq tizimida 12 dollar evaziga pul mablag‘ingizni aylantirishingiz mumkin.  Agar soliq kodeksini kavlashtiradigan bo‘lsak, u holda aynan sizga to‘g‘ri keladigan, osonlashtirilgan sxemani topishimiz mumkin bo‘ladi. 👍 Birgina xabarga layk bosish va do'stlarga ulashish orqali kanalni qo'llab turishingiz mumkin!🙏
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗