💰Qanday qilib qulay uxlash mumkin?
(👉КИРИЛЧАДА )
Barcha dohiyona narsalar oddiy bo‘ladi, taraqqiyot va yuqori texnologiyalar bo‘lgan joyda har doim oddiy quvonchli hodisalarga joy topiladi. SHu tariqa New-Yorkning Kasper startapidan 5 nafar yigit ish boshlagan. Kompaniya 2014 yildan buyon bozorda faoliyat olib boradi va arzon yuqori texnologiyali matraslar sotuvi bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumki, uyqu industriyasi – riteylning eng qimmat turuvchi tarmoqlaridan sanaladi. Agar qulay uxlamoqchi bo‘lsang – haqini to‘la. New-yorklik 5 nafar yigit, har safar yaxshi matras xaridiga katta pul ajratib yurgan iste’molchilarga taqdim qilish mumkin bo‘lgan mahsulot o‘ylab topishgan.
Ular oflayn-chakana savdodan voz kechishgan va Internet orqali sotuvga kirishishgan. Va aksariyat kompaniyalardan farqli ravishda matrasning faqat bir turi ustida ish olib borishgan. Bir nechta marketing tadqiqotlarini olib borgach, Kasper asoschilari odamlarga bozorda taqdim qilinayotgan keng turdagi matraslar kerakmasligi borasidagi to‘xtamlarida qolishgan. Aksar hollarda ular unchalik farq sezishmaydi, lekin, sotuvchilar xaridorlarni “qimmatroq” model sotib olishga qiziqtirishmoqchi ekanliklari to‘g‘risidagi fikrlarida qolishadi.
Amerika bozorida 2014 yilda sifatli matrasning o‘rtacha baxosi ming dollarni tashkil etgan. Startapchilar uning narhini 350 dollargacha tushirishga muvaffaq bo‘lishgan. Shuningdek, uni qadoqlash, ya’ni upakovkasiga boshqacha yondoshishgan. Ular qadoqni shunchalik ihcham va bejirim qilib ishlashganki, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun ketadigan sarf-harajatlar miqdorini ham pasaytirishga erishilgan.
Tanishing, bular Kasper jamoasi: Filipp Krim, Djeff CHapin, Nil Parik, Lyuk SHervin va Gabriel Flentem. Yo‘nalish tanlash qiyin bo‘lmadi. Yigitlarning aksariyati uyqu uchun mahsulot sotish bo‘yicha tajribaga ega edilar. Shuningdek, Parikning otasi – somnolog – ya’ni uyqu bo‘yicha ekspert bo‘lgan. Shu tariqa yosh yigitlar bilim va ko‘nikmalarini umumlashtirishgan.
Keyin esa jamoa a’zolari orasida veb-saytlar ishlanmasi bilan shug‘ullanuvchi, sanoat dizayneri, muhandis, internet-sotuvlar menejeri va tajribali piarchilar borligi ayon bo‘lgan. Bunday zo‘r biznes-jamoasiga bundan ortiq ne kerak?
2014 yil 22 aprelda Kasper o‘z saytini yaratib ishga tushirdi. Yangi brendning ochilish marosimiga matbuot vakillarini chaqirdi. Avvalroq internetda piar kampaniya tashktl etdi.
Endi ish boshlagan ishbilarmonlar yillik tushum miqdorini 2 million dollarga etkazishni maqsad qilishgan. 2 oy o‘tib ular bu ko‘rsatkichga erishishgan. Har bir matras solingan idishga Kasper asoschilari bittadan katta bo‘lmagan sovg‘a ham qo‘shib qo‘yishgan. Kompaniya saytida esa “asoschi bilan muloqotga kirishish” tugmachasini yaratishgan.
Hozir Kasperda 300 kishi ishlaydi. Kompaniya o‘z mijozlariga nisbatan juda sahiy. Ayni paytda bu narsa ularning Fortune bahosiga ko‘ra yiliga 80 million dollar miqdorida pul ishlashlariga to‘sqinlik qilmagan.
#strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗