К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

​​💰 Sotuvlarning bazoviy prinsipi.

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

​​💰 Sotuvlarning bazoviy prinsipi. (👉КИРИЛЧАДА ) Chetdan turib sotuvlarning mohiyatiga nazar tashlash va fikrlashni to‘g‘ri yo‘nalishga qaratish imkonini beruvchi ajoyib maqola. Qopga 10 ta sariq🟡 va 90 ta oq⚪️ sharcha solingan. Har safar qo‘lingizni tiqib bittadan sharcha olasiz. Qopdan sariq sharchalarning🟡 hammasini oldingizmi yo‘qmi? Agar ichida jami nechta sariq sharcha 🟡 borligidan bexabar bo‘lsangiz, bu savolga qachon javob olasiz? Yo‘q, bu ehtimoliylik nazariyasidan bir masala emas, aslo. Bu juda oddiy. Hamma sariq sharlarni 🟡 chiqarish uchun qopdagi bor sharchani tashqariga chiqargan bo‘lishingiz kerak. Shundagina siz jami nechta sharcha bo‘lganini, nechtasi sariq sharcha ekanini aniqlaysiz. Hullas, sharchalar solingan qop – sizning potensial mijozlaringiz. - ⚪️Oq sharchalar rad javoblari - 🟡sariq sharchalar – oldi-sotdi shartnomasi. Qancha ko‘p rad javobini olsangiz, shunchalik ko‘p oldi-sotdiga qo‘l urasiz. Bu juda oddiy. Qo‘lingizga ruchka olib maydonga chiqing va u yerda yurgan har bir odamga ko‘rsatib “Ruchka oling” deya taklif eting. Ertami kechmi siz siz aynan shu ruchkaga ehtiyoj sezayotgan odamni uchratasiz. Ammo, sotuvlar quruq bo‘ladigan bo‘lsa, biz lim-lim qilib oq shar ⚪️ solingan qopga ega bo‘lamiz. 🟡Sariq sharchalar soni ko‘proq bo‘lishi uchun marketing va reklama mavjud. Ushbu vositalar sariq sharlar 🟡 soni ko‘p bo‘lgan boshqa qopni olish imkonini beradi. Shuningdek, siz har bitta ⚪️ oq sharchadan “nima uchun bu ruchka senga kerak emas?” deya so‘rashingiz kerak bo‘lmaydi. Oddiy misol tariqasida peshtoqiga “Tortlar” 🎂 deb yozilgan do‘konni olamiz. Uning yonidan har kuni minglab odamlar o‘tib yuradi. Ko‘pchilik, yozuvni ko‘rib hayolidan o‘tkazadi. “Yo‘q, men hozir tortni qayerga qo‘yaman, ammo, olsam ham yomon bo‘lmasdi”. “Hozir tort ololmayman, chunki boshqa rejalarim bor”, “Hozir pulim yo‘q”, “Men parhezdaman” va hokazo. Ushbu holatda sotuvchi bu rad javoblarining birortasini eshitmaydi. Chunki barcha javoblar “peshtoqdagi yozuv”ga qaratilgan bo‘ladi. ⚪️ Oq sharchalarning bir qismi do‘konga narh-navo, mahsulotlar turi bilan tanishish, juda bo‘lmaganda biroz isinib olish maqsadida kiradi. Lekin oq sharlar ⚪️ bilan birga sariq sharchalar🟡 ham kiradi. Agar siz bu tortlarni o‘tgan-ketganning qo‘liga tutkazish yo‘li bilan sotadigan bo‘lsangiz, 🟡 sariq sharchalar foizi ortadi.   Demak, qopdagi sariq sharlar 🟡 soni qopdagi sharlarning umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi. Sotuvlar soni oshishi uchun qopdagi sharlar sonini oshirishning o‘zi yetarli. Buni reklama yoki radio yordamida amalga oshirish mumkin. Aytaylik, sizning internet-do‘koningiz bor. Sharchalar sonini qanday oshirish mumkin? Saytga kirishlar sonini oshirish yo‘li bilan. Har bir tashrif – bu sharcha. Uning qanday tusda ekani tez orada ma’lum bo‘ladi. Chunki u yo tovarga buyurtma beradi, yo rad qiladi. Lekin, har qanday sharoitda ham, oldi-sotdi amalga oshirilsa ham yoki rad javobi olinsa ham – siz uchun baribir yaxshi bo‘ladi. Keyinchalik siz boshqa vositalar ( prezentatsiya, ya’ni taqdimot, aksiyalar, oldi-sotdilarni benuqson yopish ) orqali sariq sharchalar🟡 foizini oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Lekin, avvalboshidan rad javoblarga to‘g‘ri munosabatning bazaviy prinsipini tushunib olishingiz mumkin. Rad – bu yaxshi! Rad javoblari qanchalik ko‘p bo‘lsa - oldi-sotdi shunchalik ortadi. Har qanday savdoda ehtimoliylik nazariyasi ishlaydi. Va har bir qopda mingta sharcha bo‘lsa ham, ma’lum foizini sariq sharchalar 🟡 tashkil etadi. #savdo
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗