К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

💪 O‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirish

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

💪 O‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirish (👉КИРИЛЧАДА) O‘z-o‘zini tartibga solish/shaxsiy intizom to‘g‘risida post “Qat’iylik – kayfiyatingiz va xis-tuyg‘ularingiz qandayligidan qat’i-nazar o‘z harakatlaringizni amalga oshira olishingiz.” Garchi, hammasini tashlab ketish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, shu ishni qilishni davom ettiraverasiz. Motivatsiya bilan qat’iylikni adashtirish yaramaydi. Ba’zida ko‘zingizdan nur porlab qiladigan ishingiz aynan motivatsiyaga bog‘liq bo‘ladi, ba’zida esa yotgan joyingizdan turishga ham o‘zingizda kuch topa olmaysiz. Qat’iylik – siz davom etishni istasangiz ham, istamasangiz ham ortga qaramay harakat qilish demakdir. Ayni paytda qat’iylik bilan qaysarlikning farqini ajrata bilish lozim. Agar siz o‘zingizda har kuni yugurish yoki sportzalga mashg‘ulotga qatnash uchun kuch topa olayotgan bo‘lsangiz boshqa gap. Masalaning ikkinchi tomoni, bir oylik mashg‘ulotlardan so‘ng sizda professional sportchi dasturi bo‘yicha shug‘ullanish istagi paydo bo‘lishi.  Qat’iylik deganda maqsadlar ham tartibga solinadi, ularga etishishning yangi yo‘llari izlanadi va hattoki o‘xshamagan taqdirda ulardan voz kechiladi. SHu tariqa qayta ko‘rib chiqmagan taqdiringizda hatto gurzi bilan buzilmagan devorni boshingiz bilan yiqitishga intilgandek yuraverasiz. O‘z-o‘zingizni tartibga solishni rivojlantirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz ! #rivojlanish
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗