Darsliklarsiz KPI.
(👉КИРИЛЧАДА)
Maqsadni aniq shakllantirmasdan turib unga etishganlik darajasiga baho berish qiyin. Mantiqan, biznes rentabelliligini baholash uchun aniq ko‘zlangan rejalar bo‘lishi kerak.
KPI - Key Performance Indicators ni anglatib, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida tarjima qilinadi. Ular biznes xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha bo‘ladi.
Ulardan foyda bormi?
• Bevosita daromadga ta’sir qiladi. Boz ustiga misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etish uchun sochingizni yulishingiz shart emas. Ba’zida o‘rtacha chek hajmini oshirish uchun arzimas harakatlarni amalga oshirish va yillik daromadga sezilarli miqdorda qo‘shimcha qo‘shilganini his qilish mumkin.
• Vaziyatni tushuntirib, hammaning hayotini engillashtirishadi. Daromad olish jarayonini tarkibiy qismlarga bo‘lib chiqsak qaysi ko‘rsatkichlar asosiy ekani va ular uchun kimlar javobgar ekanini bilishimiz mumkin.
Key Performance Indicators ni joriy etishda ilmiy jihatdan yondoshuv kompaniya tizimiga sayqal berish va barcha biznes-jarayonlarini tartibga solishni tavsiya etadi. Ammo, siz bu ishni bajarguningizcha bir-ikki yil o‘tadi. Kichik biznes uchun bu katta muddat. Sрu bois:
Daromadga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy usullarni mantiqiy yo‘l bilan topish mumkin. Siz meva sotasiz, demak, siz uchun o‘rtacha chek hajmi juda muhim. Sizning Internet-do‘koningiz bor, demak, daromad klik va o‘zgartishlarga bog‘liq.
Keyin esa kimdir ushbu ko‘rsatkichga javob qaytarishi kerak.
Xodimlar motivatsiyasining sodda va tushunarli tizimini shunday o‘ylab topish kerakki, istalgan paytda xodimlar o‘z mehnatlari samarasini ko‘ra olishlari va baholashlari, bu oyda qandaydir yutuqqa erishganlarmi yoki yanada yaxshiroq harakat qilishlari kerakmi, shuni tushunib olishlari kerak.
Buni hammasini ishga joriy etish.
Hodimlar va KPI samaradorligini kuzatib borish;
Zarurat tug‘ilganda motivatsiya tizimi va ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish.
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗