📎Dedlayn – motivatsiya nazariyasida eng yaxshi ish beruvchi usullardan sanaladi.
(👉КИРИЛЧАДА)
Dedlayn (Deadline) – biror bir harakatni amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni cheklashdir.
Masalan, kurs ishini semestrning oxirigacha qilish. Bunda dedlayn semestrning oxiri, undan keyin kurs ishini topshirish mumkin bo‘lmaydi. Bunday vaqt cheklovlari hamma yerda – aksiyalar, kreditlar, uy vazifalari va hokazo.
Yana bir motivatsiyali usul – so‘z narhi – bu siz biror bir shartni buzadigan bo‘lsangiz to‘lashingiz kerak bo‘lgan haq.
Ana endi sizni faoliyat yuritishga majbur qila oluvchi eng kuchli vosita – Dedlayn + So‘z narhi
U qanday ishlaydi? Yaqin tanishingizga borib, tahminan quyidagi mazmundagi tilxat yozib bering: “Man, Falonchi Falonchiyev, R.Kiosakining barcha asarlarini bir oy ichida o‘qib chiqishga, shuningdek, g'oya chiqara olish bo‘yicha kurslarda o‘qib chiqishga va’da beraman. Bergan va’dalarimning ustidan chiqmasam o‘z iPhone imni Pistonchi Pistonchiyevga berib yuboraman”.
Sizni ishontirib aytamanki, siz tilxatda yozilgan narsalarni albatta bajarasiz. Dangasalik va boshqa bahonalar hammasi chetga suriladi, chunki siz biror ishingiz o‘xshamasa sizni nima kutayotganini aniq bilasiz.
Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor: to‘lanadigan “haq” haqiqatdan ham siz uchun juda qadrli bo‘lishi kerak, sizning “kuzatuvchi”ngiz vazifasini esa eng yaqin do‘stingiz emas, balki, xatoliklaringizni kechirmaydigan bir tanishingiz bajarishi kerak.
#rivojlanish
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗