💰Biznes boshlash uchun...
(👉КИРИЛЧАДА)
Daromadi oylikka, vaqti rahbarga, dam olish kunlari bayramlarga bog‘liq bo‘lmagan ishbilarmon bo‘lish kundan kunga ko‘pchilikning orzusiga aylanib bormoqda.
Shu bois, turli yoshdagi yigit va qizlar kimgadir ishlash o‘rniga o‘ziga ishlashni ma’qul ko‘rishmoqda.
Lekin siz ishni nimadan boshlashni bilmasangiz, nima qilish kerak? Biznes uchun qayerdan g‘oya izlash kerak? Nimadan boshlash kerak?
Javob: ko‘zguga qarang!
Hazillashayotganim yo‘q. Ko‘zguga qarang. Aksingizdagi nigohni toping va o‘zingizga o‘zingiz savol bering – Qo‘limdan nima ish keladi?
Qaysi ish yaxshiroq o‘xshaydi?
Men nimalarga qodirman?
Qanday qobiliyatim bor?
Aksariyat ishbilarmonlar o‘z bizneslarini – men qaysi ishni yaxshi qila olaman ? Men qila oladigan qaysi ishdan durust daromad olish mumkin? Degan savollar asosida qurishadi.
Sizning qobiliyatingiz o‘z ishingizni ochishingizga kalit bo‘lishi mumkin, asosiysi rostgo‘y va o‘z ehtiyojlaringizga nisbatan e’tiborli bo‘lishingiz kerak.
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗