К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

🤔Dangasalik

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

🤔Dangasalik (👉КИРИЛЧАДА ) Koʻp hollarda biz alohida bir muammo deb hisoblagan narsamiz aslida qandaydir bir jarayon yoki holatning namoyon boʻlishida koʻrinishi mumkin.  Buning yorqin misoli – dangasalikdir. Doimiy dangasalik – bu umuman olganda muammo emas. Bu sizning maqsadsiz ekaningiz yoki maqsadlaringiz u qadar ahamiyatli emasligidadir. Toʻgʻri, oʻzingizni nimadir ishni qilishga majburlashingiz mumkin. Yoki “oʻzingiznikini” topishingiz mumkin, dangasalik oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi.  Ishonavering... Shugʻullanayotgan ishingizni yoqtirmasligingiz, bu ham yorqin misol. Umuman olganda “yoqtirmaslik” – muammo emas.  Bunda asosiy muammo – sizning yaxshi koʻrgan ishingiz bilan shugʻullanishingizga oʻzingizga oʻzingiz ruhsat bermaganingizda, bu ishni keraksiz, muhim boʻlmagan, daromadsiz deb hisoblashingizda yoki sizga oʻzi nima yoqishini bilmasligingiz, yoki buni bilishga urinib koʻrmasligingiz, vaqt ajratmasligingizda va h.k. Boshqa muammolar bilan ham shunday. - Pul yetishmasligi – “qashshoq” odamning fikrlash darajasi va pul ishlashni taʼqiqlovchi bir dasta koʻrsatkiching mavjudligi. - Doimo shubhada boʻlish, rashk, qoʻrquv, baxtsiz hodisalarni bashorat qilish – oʻziga ishonmaslik, nima qanday ishlashini bilmaslik. - Jizzakilik – oʻzini idora qila olmaslik, gʻazabni jilovlay olmaslik va h.k. Bularning bari lakmus qogʻozi bilan oʻtkaziladigan tajribalarga oʻxshaydi. Siz qogʻozni stakanga botirasiz va u rangini oʻzgartiradi. Muammo aslida rang oʻzgarganida emas, balki stakanda ishqor borligida. Biz muammolarning oʻzi bilan emas, ularni roʻyobga chiqaruvchilar bilan kurashadigan boʻlsak, vaqtinchalik nimadir yaxshilanishi mumkin. Ammo hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻzgarishlar boʻlmaydi.  Siz dangasalikni yengish toʻgʻrisida juda koʻp oʻqiysiz, motivatsiya uchqunini olish uchun YouTube roliklarini tomosha qilasiz. Oldingizga ketma-ket yangi va yangi maqsadlar qoʻyasiz – lekin vaqt oʻtishi bilan yana ishtiyoqingiz soʻnadi va hammasi oʻz holiga qaytadi. Hammasi sababni oʻrganmasdan, oqibatini yoʻqotishga boʻlgan urinishlaringizda. Haqiqatdan ham nimanidir oʻzgartirish uchun:  -Men qila olmayman...  -Men baxtli oila qura olmayman, -pul topa olmayman,   -badavlat odamlardek fikrlay olmayman,   -yaxshi koʻrgan ishim bilan shugʻullana olmayman,   -maqsadlar qoʻya olmayman kabi fikrlarni hayoldan oʻtkazing va oʻzingizni oʻzingiz analiz qiling. Aynan shu kabi tan olishlaringiz natijasida katta va qiziqarli ishga qoʻl urishingiz mumkin. Boz ustiga nima qilishingiz va nimani oʻrganishingiz kerakligi ayon boʻladi. #strategiya  #rivojlanish
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗