К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

🔋Samaradorligimizning dushmani nima?

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

🔋Samaradorligimizning dushmani nima? (👉КИРИЛЧАДА ) Internet U nafaqat foydali, balki zararli boʻlishi ham mumkin. Avvalo internet sizning vaqtingiz kemiruvchisidir. Aksariyat odamlar ijtimoiy tarmoqlar, qiziqarli video, virusli yangiliklar va hazil roliklar toʻriga tushib qolishadi. Baʼzida besh daqiqaga chalgʻigan boʻlamizu, keyin umuman internetdan koʻz uzishimiz qiyin boʻlib qoladi. Garchi avvalboshida foydali maʼlumot izlab kirgan boʻlsak ham. Ehtiyot boʻling, Internet sahifalarida sangʻib yurar ekansiz, reklama yoki behuda maʼlumotlarga vaqtingizni sarflamang. AdBlock oʻrnating, koʻngil ochish uchun tarmoqqa kiradigan paytingiz va rivojlanish uchun internetdan foydalanadigan paytingiz uchun cheklanggan vaqt ajrating. Yalqovlik Baʼzida hech narsa qilgingiz kelmay qoladi. Bu hammamizga yaxshi tanish holat. Ayniqsa agar qilishingiz kerak boʻlgan ish noodatiy yoki murakkab boʻlsa. Bu bor yoʻgʻi internet-ongingizning qopqoni holos. Yalqovlikni tez va samarali yengishni oʻrganish uchun, oʻzingizni shunga ruhlantira olishingiz, motivatsiyalashni oʻrganishingiz, ishlaringizni rejalashtirishingiz, masʼuliyatli boʻlishingiz kerak. Hamma narsani nazoratda ushlashga intilish Oʻz hayotingizni oʻzingiz boshqarishga intilishingiz tabiiy holat. Ammo bu istak oʻta qatʼiy boʻlishi kerak emas. Boshqacha aytganda, siz bilan bogʻliq boʻlgan mutlaqo hamma narsa – voqealar, boshqa odamlar, holatlar, yuz berayotgan muammolarni nazoratda ushlashga intilish kerak emas. Boshqalarni bor kamchiligi bilan qabul qilish, atrofingizda sodir boʻlayotgan voqealarni toʻgʻri qabul qilish, qiyinchiliklarga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartirish, moslashuvchan boʻlish lozim, dunyoni oʻzingizga mos keladigan darajada oʻzgartirishga harakat qilish umuman yaramaydi.  Tafakkurni toʻgʻri shakllantirishda maʼnaviy, ruhiy amaliyot va rivojlantiruvchi adabiyot juda qoʻl keladi. #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗