К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

💰Moliyaviy hisob-kitobning 4 ta foydali jihati.

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

💰Moliyaviy hisob-kitobning 4 ta foydali jihati. Avtomobilni boshqarar ekanmiz har birimiz yaxshi tushunamiz, biroz chalgʻish, rul chambaragidan qoʻlimizni olishimiz bilan hammasiga putur yetadi. Ammo biznesda negadir bu odatiy hol: pilotsiz boshqaruvga ham ishonib turish kerak.  “Yoʻqotish” boʻlmasligi uchun ishlarning real holati toʻgʻrisida hozirdanoq oʻylab qoʻyishimiz darkor. 1. Tushunarli moliyaviy hisob-kitob. Barcha kirim va chiqimlar har kuni qayd etib borilishi kerak. Sotuvlar hajmidan tortib ijara stavkalarigacha hamda hodimlarga toʻlanadigan ish haqlari. Moliyaviy dasturlarni qoʻllashning qulaylik jihatlari shundaki, kerakli katakka raqamlarni kiritib qoʻyishning oʻzi kifoya, uyogʻiga dasturning oʻzi hammasini bajaradi. Maʼlumotlarni sinxronlaydi, kerakli valyutaga konvertatsiyasini amalga oshiradi va hisobotlarni koʻrsatadi. Koʻrsatkichlar umumiy vaziyatga qanday taʼsir koʻrsatishini bildiradi. 2. Moliya tahlili. Biznes egasining professionallik darajasini baholash juda oson: pul qayerdan kelayotgani va qayerga sarf boʻlayotganini soʻrashning oʻzi yetarli.  “Axir bu oʻzimning kompaniyamku” degan javob yaramaydi. Har qanday korxonaning ichida operatsion faoliyat koʻp tarmoqli va tizimli sanaladi. Masalan yuzlab raqobatchilar singari gilam sotish ham mumkin, lekin bu ishni boshqalardan koʻra yaxshiroq bajarsa boʻladi. Moliyaviy ahvolingiz tahlili sizga yordamga keladi, yaʼni: - Asosiy mijozlar boʻyicha daromad va hisobotlar tahlili; - Raqam va jadvallar qayd etilgan harajatlarning asosiy maqolalari; - Tovarlarning har bir guruhi yoki faoliyat yoʻnalishi boʻyicha daromadni baholash va bashoratlash; - Rentabellik koʻrsatkichlarini kuzatib borish 3. Moliyalarni rejalashtirish. Birinchi yirik daromadga ega boʻlishingiz bilan yangi avtomobil xarid qilishga shoshilmang. Ehtimol, siz byudjetingizni toʻgʻri yoʻnaltira olsangiz, yaqin orada samolyot ham sotib olish imkoniyatiga ega boʻlarsiz. Balki aksincha, kuyib qolishingiz ham mumkin.  Rejalashtirish orqali siz maqsad va imkoniyatlaringizni solishtirib, vaziyatga toʻgʻri baho bera olishingiz mumkin. 4. Tizimlilik. MoneyManager moliyaviy tahlilchisi yuqorida nomlari qayd etilgan barcha muammolar yechimida yordam bera oladi.  Biz sizlarni ajablantirish niyatida emasmiz, maqsadimiz ishlaringizni tartibga solish.  P.S.: Agar sizga moliyaviy xisob-kitob ni tugri yuritish qiziq bo'lsa biz bu mavzularni batafsil YouTube kanalimizdagi videolardada ko'proq informatsiya berib yoritganmiz. #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗