К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

💰O’rganish va yana o’rganish!

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

💰O’rganish va yana o’rganish! Superjob loyihasining asoschisi Aleksey Zaxarov yaqinda o'tkazilgan intervyularidan birida qiziqarli fikrni bildirdi: "Top-menejerlar bolalar bog'chasida va oilada o'qitiladi. O'qituvchi borasida omadi kulib boqsa,boshlang'ich maktabda bir oz bo'lsa-da o'rgatiladi. Kattalar hech qayerda o'qitilmaydi. MBA dasturlari bo'yicha eng yaxshi biznes maktablarida, ota-onalari kerakli narsalarni o'rgatgan kishilarga yangi ijtimoiy aloqalar o'rnatish va eng yaxshi korporatsiyalarning ish standartlarini o'rganish imkoni beriladi. Bori shu."  Albatta, biznes maktablaridan mo'jiza kutmaslik kerak. Agar bozordagi vaziyat doimiy o'zgarib turadigan bo'lsa, muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lishni o'rgatib bo’lmaydi.  Biroq, virus kabi, vaqt, asab, byudjet va imkoniyatlaringizni yeb bitiradigan asosiy biznes jarayonlarni qanday boshqarishni o'rganish mumkin. Biroq, mustaqil ish yuritish jarayonida farzandlar pulni barqaror emas, balki to'g'ri muomalani talab qiluvchi vosita ekanligini tushunishi uchun qimmatli bilim va ko'nikmalarni singdirish ancha yaxshiroq. MBA dasturi bu jihatni o’rgata olishi amrimahol…  Misol uchun, siz ko’p yillardan buyon telefonlar sotasiz. Eski diskli telefonlarning zaxirada yo’qligiga ishonchingiz komilmi? "Qanday daxshat!" deb o'ylaysiz siz. Darhaqiqat, bir paytda bunday mahsulotni darhol yo'q qilish kerak. Lekin hozir emas. Endi esa bu vintaj!  Mobil do'kon egasidan siz antikvar tovarlar egasiga aylanasiz! Ajoyib-a?  Jilmayapsizmi? Vaziyat shu qadar kulgili, ammo bu ochiq haqiqat:  1.Siz biznes egasi sifatida sizning bog'ingizdagi o'tgan yilgi qorni, ya'ni haqiqiy vaziyatni bilmasligingiz mumkin. Demak, siz bunga mos ravishda javob qaytara olmaysiz.  2.O’z nuqtai nazaringiz, stereotiplaringiz va qulaylik zonalaringizdan tashqariga chiqish qanchalik qiyin! Hozirgi kunda ko’p narsalar sun'iy intellekt bo’yniga osilgan. Aqlli dasturlar sezilarli darajada hayotimizni osonlashtiradi. #yangi_ish_boshlaganlar_uchun  #rivojlanish  #strategiya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗