Mana varaqlar - Time to computerize!
(КИРИЛЧАДА ТЕКСТ)
Shunday qilib, oʻz biznes rejangiz va shartli raqamlarni kiritib yurgan varaqlaringizni qoʻlingizga oling. Real raqamlarga oʻtish vaqti keldi.
Bu esa – buxgalteriya degani. Raqamlaringiz bir qarashda oddiy tuyulsa ham, agar siz sotuvlar bilan shugʻullansangiz nafaqat umumiy tushum, balki sof daromad hisobini ham bilishingiz kerak boʻladi.
- Reklama makonini ham xarid qilayapsizmi?
- Eʼloningizga koʻzi tushgan xaridorlar konversiyasi hisobini qilishingiz kerak.
- Ijaraga qancha toʻlayapsiz? -Kvadrat metr hisobidachi? Xattoki bu sayt xostingi boʻlsa ham.
- Sof daromad rejadan qanchalik farq qilayapti?
-Foizlar, dollar, rubl hisobida.
Bularning hammasi doimiy hisob-kitobni talab qiladi, baʼzida vaqtingizning anchagina katta qismi bunga sarf boʻlishi mumkin.
Tabiiyki, siz biznes gʻoya bilan kamroq, hisob-kitoblar bilan koʻproq shugʻullanishni boshlaysiz. Axir hammasining hisobini qilib borish, qoʻshish, ayirish, kiritish kerak. Ehtimol kuniga qoʻshimcha ikki soat yetarli boʻlar. Lekin oyiga bu 3 kunni tashkil qiladi – bu esa sof daromadning qariyb 10 foizi demakdir.
Biznes bilan shugʻullaning, hisob-kitob bilan emas!
Bu vazifani uddalash uchun, turli usullardan foydalanish mumkin.
1. Buxgalter yollash.
Eng taʼsirli va ishonchli harakat – siz pullaringiz hisobini yuritib turadigan odamni ishga olasiz. U kuni bilan oʻtirib sizning mablagʻlagʻlarigiz taqsimoti bilan shugʻullanadi. Ammo buxgalter – nafaqat qoʻshimcha sarf-harajat, balki xavf hamdir. Yaʼni, biroz nazoratdan qoldirsangiz va buxgalter qogʻozlarda qayd etayotgani emas, oʻzingiz aslida qancha pul topayotganingizni hisoblab turmasangiz xolingiz voy.
2. Kompyuter hisobi.
Odatda hamma avval 1S sotib oladi, keyin soʻkinishga tushadi. Sabab? Chunki, bu biz oʻylaganchalik oson soft emas. Boz ustiga, uning haqi buxgalter haqiga teng. 1S dasturchisini yollashingiz kerak boʻladi - u korxonangizni dasturga kiritib beradi, raqam va hisobotlar esa baribir siz xohlagandek aniq-ravshan boʻlmaydi.
3. Hammasiga qoʻl siltash.
Ha, shunday qilish ham mumkin – daromad qancha boʻlishini oldindan bilib, qoʻl uchida hisob-kitob qilish. Bu albatta ish beradi, lekin qachongacha? Soliqchilar eshik qoqib kelmagunicha!
Toʻrtinchi yoʻl ham bor. Lekin... u haqda ertaga... Kanalni kuzatib bor – oʻz buxgalteriyangni bir nechta harakatda xavfsiz yurita olishning usullari haqida bilib olasan!
#yangi_ish_boshlaganlar_uchun_buxgalteriya
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ
От разрозненных действий — к понятной системе.
Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.
Смотреть бесплатный тренинг ↗