К содержимому
kkomplexsoft.
На главную ↗
← ВСЕ СТАТЬИ

Toʻrtinchi yoʻl

Micro Бизнес Блог · Текст на языке оригинала

Toʻrtinchi yoʻl (КИРИЛЧАДА ТЕКСТ) Bugun shtatga buxgalter yollashga muqobil variant izlash borasida qilgan harakatlarim haqida hikoya qilib beraman.  Axir sizga daftarlar, varraqlar va tahminiy chizgilar haqida bejiz gapirmagan edim. Mustaqil ravishda oʻzim qoʻllab koʻrgan birinchi muqobil variant - Excel jadvallar boʻldi (ularni google jadval deyish ham mumkin). Hujjatlarni shaxsiy kompyuterda saqlash juda qulay, lekin har kim ham jadval tuza olmaydi.   Mohiyatan olib qaraganda, bu xuddi oʻsha, varraq bilan ruchkaning oʻzi, faqat noqulayroq, buning ustiga yozib borish uchun avvalo qoʻllaringiz boʻsh boʻlishi kerak. Men turli xil makroslar, formula sxemalarini qoʻllab koʻrdim. Natijada – hujjatli fayllar soni ancha oʻsdi – lekin qulaylik sezmadim...  Barcha shakllarni toʻldirishga vaqt kamlik qildi, moliyaviy hujjatlarni tartibda saqlashga undan ham koʻra koʻproq vaqt ketdi, kallada keraksiz maʼlumot toʻlib toshib ketdi. Oʻz shaxsiy ishimni rivojlantirishga bu holat xalal bergan deb ayta olmayman, lekin har xolda koʻproq harakat qilishga toʻgʻri keldi. Keyingi bosqichda 1S sotib oldim. U bilan bir xafta toʻliq ishladim. Axir ozmuncha haq toʻladimmi? Bahslashmayman – dastur haqiqatdan ham funksional, ammo u yirik tarmoq korxonalari uchun juda qulay.   Mening uncha katta boʻlmagan tarmogʻim uchun u biroz ortiqchalik qildi - nastroyka, yaʼni sozlamalar, funksiyalar va skripta tili sifatida ruslashtirilgan VB ning qoʻllanilishi juda oʻtib tushdi. Garchi dasturning toʻliq funksional tarafini oʻzlashtirgan boʻlsam-da, men uning nafaqat keraksiz, ortiqcha funksiyalari koʻpligi, balki juda qimmatligini ham tushunib yetdi.  Natijada men hammasiga qoʻl siltadim va bizning sharoitimizda biznes yuritish uchun qanday maʼlumotlar va qanday hujjatlar kerakligi toʻgʻrisida oʻyladim.  Bunda “Eldorado”ga oʻxshash yirik tarmoqli doʻkon emas, balki ikki-uch viloyatda bir nechta filiali boʻlgan doʻkon ekanligini eʼtiborga oldim. Shu tariqa MoneyManager ham paydo boʻldi.  Bu nima? Bu kichik va oʻrta biznes uchun moʻljallangan dastur. U: - juda arzon. Uni qoʻllab koʻrish esa (barcha funksiyalari bilan) butunlay bepul desa ham boʻladi. - Juda oddiy. - Soliq organlari uchun hisobotni shakllantirishdan tashqari barcha misollarning yechimini topib beradi. Xususan, oxirgi fichni birgina sabab tufayli qoʻllamadim, dastur Rossiya Federatsiyasi boʻylab keng tarqalgan, u yerda esa mahkamalarning shakllanish qoidalari bizdagidan koʻra ancha farq qiladi. Hech qanday eʼtiroz va biror bir savol qolmasligi uchun – dastur 30 kun mobaynida bepul tarqaladi.  Yaʼni, siz avvaliga sinab koʻrasiz. Test oʻtkazasiz – agar sizda savollar yuzaga kelsa, men bilan bogʻlaning va men siz bilan barcha masalalarga yechim topishga harakat qilaman.  Keyin esa, keyin hal qilamiz ;) #yangi_ish_boshlaganlar_uchun_buxgalteriya, #uyla #startap_qil
MICROBUSINESS · БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ

От разрозненных действий — к понятной системе.

Бесплатный практический видеотренинг о систематизации бизнеса, 24 минуты.

Смотреть бесплатный тренинг ↗